Xalqimizda biror işni köp qilganidan qoyillatib bajaradigan bölib qolgan odamga nisbatan falonçi falon işning «çangini çiqargan» degan ibora işlatiladi. Bugungi suhbatdoşlarimiz kimyo fanining çinakamiga «çangini çiqargan».

Bir oilaning uç farzandi hali yoş bölaturib kimyodan dars bermoqda. Ular – xalqaro olimpiada ğoliblari, şogirdlarini ham şunday marraga yetaklagan. Bu ilm şaydolarining hikoyasi heç kimni befarq qoldirmasa kerak.

Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi qoşidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yoş biologlar va kimyogarlar ixtisoslaştirilgan maktab-internatida 3 aka-singil öqituvçilar kimyo fanidan dars beradi. Ular xalqaro kimyo olimpiadalarida ğolib bölgani, pedagog diplomisiz qanday qilib maktabda dars berayotgani va özlari taşkil qilgan 12 soatlik öqitiş tizimi haqida sözlab berişdi. Işoning, bu aka-singillarning ilmga intilişi, yoş bölsa-da, yurt kelajagiga befarq emasligi havas qilarli darajada...

Behzod Boltayev Toşkent tibbiyot akademiyasi umumiy jarrohlik yönalişining magistraturasida öqiydi. Kimyo fanidan Mendeleyev xalqaro olimpiadasida 2 ta kumuş, jahon olimpiadasida 2 ta oltin medalni qölga kiritgan. «Şuhrat» medali, «Mard öğlon» mukofoti va «Xalq ta'limi a'loçisi» kökrak nişoni sohibi.

Bobur Boltayev Toşkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Mendeleyev olimpiadasida bronza, jahon olimpiadasida 2 marta bronza medal olgan. «Özbekiston belgisi» kökrak nişoni sohibi.

Mohira Boltayeva Toşkent pediatriya tibbiyot instituti 3-bosqiç talabasi. Mendeleyev olimpiadasida bronza va jahon olimpiadasida kumuş medal olgan. «Zulfiya» mukofoti sohibi. Aka-singillar 2019 yildan buyon Abu Ali ibn Sino nomidagi yoş biologlar va kimyogarlar ixtisoslaştirilgan maktab-internatida pedagog-tarbiyaçi bölib işlab kelmoqda.

Pedagog diplomisiz dars beriş

Behzod Boltayev

Behzod Boltayevning aytişiça, aka-singillar iqtidorli talabalarni olimpiadaga tayyorlaş maqsadida Abu Ali ibn Sino nomidagi yoş biologlar va kimyogarlar ixtisoslaştirilgan maktab internatiga taklif qilingan.