Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston mudofaa vaziri mamlakatdagi urush hal qiluvchi pallaga kirganini aytdi
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, milliy xavfsizlik kuchlari mahalliy qarshilik harakatlarining qo‘llab-quvvatlashi yordamida aholini himoya qilish uchun bor kuchini ishga soladi.
«Tolibon» harakati kuchlarining mustahkamlanishi fonida Afg‘onistondagi urush hal qiluvchi pallaga kirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Bismillo Xon Muhammadiy ma'lum qildi.
«Afg‘onistonda urush avjiga chiqqanini va mamlakatdagi harbiy vaziyat o‘ta nozik ekanligini e'tirof etamiz», — dedi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, milliy xavfsizlik kuchlari mahalliy qarshilik harakatlarining qo‘llab-quvvatlashi yordamida aholini himoya qilish uchun bor kuchini ishga soladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tehronda «Tolibon» vakillari va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida muzokaralar boshlangan.
Afg‘onistondagi vaziyat mamlakatdan AQSh va NATO mamlakatlari harbiy kontingenti olib ketilishi fonida yomonlashmoqda.
Afg‘onistonning bir necha tumanlarida qaqshatqich janglar davom etmoqda. So‘nggi kunlarda Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan Badaxshon viloyatida toliblar yaqqol ustun kela boshlagan.
Iyul oyida toliblar janubdagi Qandahor viloyatida ham katta hududlarni egallab oldi, o‘tgan oyda shimoldagi Qunduz va markazdagi Vardak egallangandi. Afg‘oniston rasmiylari ma'lumotiga ko‘ra, hozirda mamlakat hududining uchdan bir qismi toliblar qo‘liga o‘tgan.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026