Bu – 6 iyul kuni imzolangan, korrupsiyaga qarşi kuraşişga doir prezident farmonida nazarda tutilgan.

Reyestrga kiritilgan şaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:

  • davlat xizmatiga qabul qiliniş va davlat mukofotlari bilan taqdirlaniş;
  • saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzod körsatiş;
  • davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari hamda idoralararo kollegial organlarning a'zoligiga kiriş;
  • ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy şeriklik bitimida iştirokçi (ijroçi) sifatida qatnaşişi; davlat aktivlarini xususiylaştiriş bilan boğliq tender va tanlov savdolarida iştirok etişi;
  • davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlar hamda davlat ta'lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritiş.

Reyestr va unga taalluqli çeklovlarga oid qonun loyihasi 3 oy muddatda Prezident Administratsiyasiga taqdim etiladi. Reyestrga uşbu qonun qabul qilinganidan keyin korrupsion jinoyat sodir etgan şaxslar kiritiladi.