Yevropa çempionatining birinçi yarimfinalida Italiya va Ispaniya milliy jamoalari bahs yuritişdi.
Bellaşuv ispanlarning ustunligi ostida ötganiga qaramay, 60-daqiqada Roberto Mançini jamoasi qarşi hujumdan unumli foydalandi va Federiko Kezaning çiroyli goli evaziga hisobni oçdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tuşgan Alvaro Morata hisobni tenglaştirdi.
Şunday qilib asosiy va qöşimça bölimlarda ğolib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa omad italyanlarga kulib boqdi.
Italiya finalda Angliya — Daniya juftligi ğolibiga qarşi öynaydi.
Yevro-2020. 1/2 final
Italiya — Ispaniya 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:2.
6 iyul, «Uembli»
Gollar: Keza (60) — Morata (80).
Italiya – Donnarumma, Kellini, Di Lorenso, Emerson (Toloi, 74), Bonuççi, Verratti (Pessina, 74), Barella (Lokatelli, 85), Keza (Bernardeski, 107), Jorjino, Insine (Belotti, 85), Immobile (Berardi, 62).
Ispaniya – Simon, Alba, Aspilikueta (M.Lorente, 85), Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 109), Pedri, Buskets (Tiago Alkantara, 105), Ferran Torres (Morata, 62), Olmo, Oyarsabal (Moreno, 70), Koke (Rodri, 70).
Ogohlantirişlar: Buskets (51), Toloi (97), Bonuççi (118).
Penaltilar seriyasi: Lokatelli (0:0, darvozabon), Olmo (0:0, noaniq), Belotti (1:0), Moreno (1:1), Bonuççi (2:1), Alkantara (2:2), Bernardeski (3:2), Morata (3:2, darvozabon), Jorjino (4:2).








