Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toşkent şahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötadi.

Forumning asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari örtasidagi tarixan yaqin va döstona aloqalarni, işonç va yaxşi qöşniçilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yölida mustahkamlaşdan iborat.

Konferensiya işida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boşqa xorijiy davlatlarning taşqi işlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakçi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari iştirok etişi rejalaştirilgan.

Forum iştirokçilari yalpi va şu'ba majlislarda mintaqaviy boğliqlikni yanada mustahkamlaş doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarni ilgari suriş imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Kun tartibidan savdo, investitsiyalar, transport, energetika va innovatsiyalar, “yaşil” texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş, kooperatsiya böyiça aniq loyiha va dasturlarni amalga oşiriş, turizm, ta'lim, soğliqni saqlaş, fan va madaniyat sohalarida şeriklikni kengaytiriş, ikki mintaqa barqarorligi va xavfsizligini ta'minlaş yuzasidan batafsil fikr almaşiş va birgalikda takliflar işlab çiqiş örin olgan.