Toshkent yo‘llaridagi fotoradar va kameralar ro‘yxati e'lon qilindi
Toshkent shahrida YHQ buzilishini onlayn qayd etuvchi fotoradarlar va kameralar o‘rnatilgan manzillar to‘g‘risida ma'lumot berildi. YHXBB rasmiysining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, kelgusida viloyatlar bo‘yicha ham shu kabi ma'lumotlar ochiqlanadi.

Toshkent shahrining 28ta nuqtasida tezlikni nazorat qiluvchi 28ta fotoradar ishlamoqda. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ularning ro‘yxatini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, poytaxtdagi eng ko‘p fotoradar Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida (5tadan) o‘rnatilgan; Yunusobodda 4ta fotoradar ishlab turibdi.
YHXBB poytaxtdagi intellektual rejimda ishlovchi kameralar ro‘yxatini ham taqdim etdi.
Unga ko‘ra, ayni paytda Toshkentda bunday turdagi 89ta kamera bor. Ular 5 turdagi qoidabuzarliklarni (svetofor qizil chirog‘ida o‘tish, to‘xtash chizig‘ini bosish, yo‘l chizig‘ini bosish, to‘xtab turish qoidalarini buzish va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish) qayd etadi.
Eng ko‘p kamera Chilonzor tumanida o‘rnatilgan – 20ta. Shayxontohurda 17ta, Yashnobodda 12ta va Yunusobod yo‘llarida 10ta kamera bor. Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlarida 7tadan, Olmazorda 5ta, Yakkasaroy 4ta, Mirobodda 3ta, Sergeli va Bektemir yo‘llarida esa 2tadan kamera joylangan.
Ro‘yxatdagi radar va kameralarning joylashuvi Sherzod Sh. ismli foydalanuvchi tomonidan Google-xaritaga ham joylangan.
IIV YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, yuqorida keltirilgan ma'lumotlar shu kungacha davlat tomonidan o‘rnatilgan radar va kameralarga tegishli bo‘lib, tadbirkorlar tomonidan o‘rnatiladigan kamera va radarlarga aloqador emas.
YHXBB rasmiysining qo‘shimcha qilishicha, kelgusida yuqoridagi kabi ma'lumotlarni viloyatlar bo‘yicha ham e'lon qilib borish maqsad qilingan.
Radar va kameralar manzillarining ochiqlanishi o‘tgan oyda qabul qilingan ochiqlik haqidagi prezident farmonida ko‘zda tutilgandi.
Avvalroq hukumat qarori bilan yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlash uchun xususiy kameralar o‘rnatish tartibi belgilangandi. Radar va kameralar o‘rnatish huquqi auksion savdolariga chiqarila boshlangan.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi
Jahon | 13:40
-
Yetakchi institutlar Germaniyaning iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Jahon | 13:39
-
Andijonda Damas oldinda ketayotgan traktorga borib urildi
O‘zbekiston | 13:35
-
O‘zbekistonda doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli?
O‘zbekiston | 13:34
Mavzuga oid

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

19:04 / 09.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

18:07 / 09.04.2025