Navbatdagi qahramonimiz endi maktabni bitirgan bölişiga qaramay, oliy maqsadlarni közlamoqda. Uning aytişiça, hayotdagi eng zör motivatsiya aynan oliy maqsadlarning mavjud ekani.
Rahmatillo Abdubayev Namangan şahridagi Prezident maktabi bitiruvçisi. U yaqinda «El-yurt umidi» jamğarmasi stipendiyasi sohibi böldi. Rahmatillo Amerikada öqib kelib, Özbekistonda «yaşil energiya» turlarini ommalaştirmoqçi. Qahramonimiz IELTS’dan qanday qilib 8 ball olgani va unga motivatsiya beruvçi oliy maqsadlari haqida sözlab berdi.
11-sinfda IELTS’dan 8 ball olgani haqida
«Namangan şahridagi Prezident maktabini 2021 yil bitirdim. Bu maktabga kelişimdan oldin Namangan şahridagi 1-ixtisoslaştirilgan maktabda öqiganman. 7-sinfligimda Londonga ikki haftalik yöllanma beriladigan tanlov e’lon qilingandi. Şu tanlovda ğolib böliş uçun ingliz tilidan öquv kurslariga qatnay boşladim. 7-sinf oxirigaça öquv kursida öqib, tanlovda ğolib bölib, Londonga ikki haftalik yöllanmani qölga kiritganman. 11-sinfda IELTS’ga imtihon topşirib 8 ball oldim».
«Ingliz tili xorijda öqiş uçun kalit»
«Men çet elga bormoqçi bölsam, avvalo kiçik narsa, ya’ni ingliz tilini örganişni boşlaşim kerakligini tuşundim. Bu çet el oliygohlariga kiriş uçun kiçik kalit, xolos. Şu kalitga ega bölmasam, boşqa çiğiriqlardan ötolmasligimni tuşundim. Şuni maqsad qilib, iyun oyidan boşlab har kuni 12 soat ingliz tilining öziga vaqt ajratdim. Karantinning may-iyul oylarida, 10-sinfni yakunlagandan keyin vazifalarimiz tugagandi. Ertalab azonda turib, Amerikada çiquvçi gazeta International Herald Tribune’ni öqirdim. 23 betli bu gazetani erinmay öqidim, uni bir marta emas, bir neça marta öqib tugatdim. Bu gazetada siyosat, iqtisodiyot kabi köplab mavzularga oid maqolalarni öqib, şu sohadagi bilimlarimni ham oşirdim. Uni tuşunib oliş uçun 6-7 martalab öqirdim va har bir çiqqan yangi sözlarni yozib, bitta daftar qilganman. Bu daftarni bir marta emas, yetti martaça yodlab çiqardim.
Ingliz tilini örganayotgan odam har qanday resursdan töğri foydalanişi kerak. Aslida köp resurs kerak emas, bitta resurs bölsa ham undan sifatli foydalansangiz, albatta, bu sizga yordam beradi».

«Amerikada öqişni xohlayman. Yöq, u yer orzular makoni bölgani uçun emas»









