Yakşanba kuni biz Yevropaning yangi çempionini bilib olamiz, undan keyin esa – individual sovrinlar egalari va turnir ramziy terma jamoasi bilan tanişamiz.

Katta ehtimol bilan, Yevro-2020ning eng yaxşilari finalçilar orasidan tanlanadi, avvalgi yillarda barqaror şunday bölib kelgan. Şu tufayli quyidagi röyxatda turnir qahramonlaridan biri, daniyaliklar sardori Ker ham, uning jamoadoşlari, turnirning eng yaxşi tayanç yarimhimoyaçisi bölgan Heyberg ham, barça öyinlarda haddan taşqari zör futbol öynagan Pedri ham, çorakfinaldayoq turnirni tark etgan De Bryuyne va boşqa munosib nomzodlar ham yöq.

1. Rahim Sterling (Angliya)
Turnirning eng yaxşi futbolçisi böliş imkoniyati Rahim Sterlingda. Butun dunyodagi futbol bukmekerlari ham şunday fikrda va uning koeffitsiyentlari boşqa nomzodlarnikiga qaraganda pastroq – bu mutlaqo mantiqiy.

Sterling barça öyinlarni yuqori darajada ötkazdi – guruh bosqiçida u inglizlarning barça gollariga - ya'ni ikki golga mualliflik qildi, pley-offda Germaniya darvozasiga urilgan ğalaba goli muallifi böldi, Ukrainaga qarşi nisbatan yengil keçgan öyinda golli uzatma berdi. Daniyaga qarşi yarimfinal bahsida esa Rahim rasman golli harakatlar amalga oşirmadi, ammo amalda ikki gol ham u tufayli röy berdi: birinçi golda darvoza çiziği oldida Sakaning uzatmasiga oçilib, Kerning avtogoliga sababçi böldi, qöşimça bölimlarda esa Keyn uçun penalti işladi.

Har bir öyinda Sterling ulkan hajmdagi işlarni bajarib keldi, uning maydonda bölişi Angliyaga hatto pragmatik uslubda ham xavfli böliş imkonini berdi. Uşbu forvard örtaça 90 daqiqada — 2,3 zarba (50 foizi darvoza sohasiga) va 0,46 xG körsatkiçiga erişdi; şuningdek, jarima maydoni içiga örtaça 1,81 uzatma va 0,1 xA; 7,23 marta aldab ötiş (52,27 foiz) va 4,11 progressive run; jarima maydoni içida örtaça 4,6 marta töpga teginiş. Qolaversa, Sterling juda köp martalab tezlik olib oçiq zonalarda oçildi va hujumlardagi variantlarni oşirdi. Daniyaga qarşi öyinda Rahim şunçaki fenomenal raqamlar qayd etdi, bu öyindan keyin individual sovrin uçun poygada uning imkoniyati yanada oşib ketdi.

2. Harri Keyn (Angliya)
Angliya terma jamoasi sardori guruh bosqiçini kamtarona ötkazdi, ammo bu uning aybi emas, jamoa natijani birinçi öringa qöygan holda kuç tejaş maqsadida şunday öyin uslubini tanladi, guruh öyinlarida uşbu markaziy hujumçining kuçli tomonlaridan şunçaki foydalanmay turişdi. Töpni asosan maydon markazida olib yuriş va katta tavakkalçilik qilmasdan oldinga çiqiş tufayli dastlabki ikki turda Xorvatiya va Şotlandiyaga qarşi öyinlarda Keyn darvoza tomon atigi bir bor zarba berişiga sabab böldi.