Bu hali boşlanişi. Angliya futbolidagi islohotlar, Sautgeytning roli va keyingi ön yil favoriti haqida
|01:48 / 12.07.202116 68820 min
Qiziq paradoks, bugun finalda öynaydigan Angliya milliy jamoasi turnir davomida eng köp tanqidga uçragan jamoalardan biri. Hatto yulduzli Belgiya yoki Germaniya turnirni ança avval tark etgan bölsa-da, u qadar bosimni his qilişmadi. Garet Sautgeyt şogirdlari potensialidan töliq foydalana olmayapti, juda köp iqtidorli futbolçilar bölsa-da, jamoa ança pragmatik, ehtiyotkor va xunuk futbol namoyiş etmoqda, deyişdi neytral muxlislar.
Foto: AFPFoto: AFP
Çindan ham, Sanço, Griliş, Maunt, Reşford, Sterling kabi ötgan mavsum qahramonlari bir tarkibda nimalarga qodir ekanini köriş qiziq, lekin yana bir boşqa savol öylantiradi – 55 yilda ilk bor yirik turnir finaliga çiqqan Angliya nimalar qildi-ki, şu darajaga keldi? Axir murabbiylar tarkib yiğiş uçun «Sauthempton» yoki «Everton»dan öyinçi izlab yurganiga köp bölmadi-ku? Yaqin yaqingaça ham APL top-klublarida ingliz futbolçilari yöq edi.
Hozir vaziyat boşqaça. Angliya nafaqat Yevrodagi eng yulduzli va qimmatbaho tarkibga ega, balki bu futbolçilar ança yoş ham. Har bir top-klubda muntazam ravişda töp surayotgan «tineyjyerlar» ham bor – «Siti»da Foden, «Yunayted»da Grinvud, «Çelsi»da Maunt kabi futbolçilar hali öz sözlarini aytişgani ham yöq. Angliya qanday qilib bu darajaga kelib qoldi?
Asrning dastlabki ön yili, avvalgi avlodning yakunini eslang: avvaliga Stiv Maklaren boşçiligida Angliya Yevro-2008 yöllanmasidan quruq qoldi. Keyin Fabio Kapello ham davri ötgan faxriylar bilan heç narsa qilib bölmasligini körsatib berdi – JÇ-2010da guruhdan zörğa çiqqan inglizlar nimçorak finalda Germaniyaga yirik hisobda yutqazdi.
Koul, Terri, Lempard, Jyerard va Ferdinand kabilarning davri ötib borar, ularning örni Denni Uelbek va Fil Jons kabilarga qolayotgandi. 2013/14 yilgi Çempionlar Ligasi guruh bosqiçida 78 ispan, 55 nemis va atigi 23 nafar ingliz futbolçisi töp surgan. Angliya milliy jamoasi murabbiyiga qançalik qiyin bölganini tasavvur qilavering. Öşa davrlar fonida Garet Sautgeyt bugungi avlod jallodi ölaroq, tayyor oşni pişira olmayotgan oşpazdek körinişi mumkin, lekin aslida aynan Sautgeyt Angliyadagi futbol islohotlarining boş ijroçilaridan biri ekanini köpçilik bilmasa kerak.
2010 yilda AFA katta özgarişlar amalga oşirişga kirişdi. Islohotlar bilan «Mildsbro»dan iste'foga çiqib, FAda rivojlaniş böyiça direktor lavozimiga ötirgan Garet Sautgeyt, şuningdek, Trevor Bruking (hozirgi direktor), futbolçilar va murabbiylarni rivojlantiriş departamenti rahbari Mett Kroker, hamda FA texnik direktori Den Eşfortlar şuğullanişni boşladi. Tabiiyki, mamlakat futboli bilan eng tepadan boşlab qayğurildi: APL prezidenti Riçar Skademordan tortib Buyuk Britaniya sport vazirigaça bir yoqadan boş çiqarişdi.
Birinçi qadam – Bolalar futbolidagi maşğulotlar mazmuni özgardi
Avvalo, FA asosiy muammoni tan oldi – yoş ingliz futbolçilari APL klublari asosiy tarkibiga kira olmayapti va raqobatda nafaqat xorijiy yulduzlarga, balki örtamiyona futbolçilarga ham boy bermoqdalar. Qayğuli fakt – 2012/13 yilgi mavsumda 21 yoşdan kiçik ingliz futbolçilarining APLdagi vaqti atigi 2,28 foizni taşkil qiladi. «Siti», «Çelsi», «Suonsi», «Stok Siti» va «Uigan» klublari safida bu yoşdagi birorta ingliz maydonga tuşirilmadi. CIES (FIFA tadqiqot markazi) ma'lumotiga köra, öşa mavsumda atigi 35 nafar 21 yoşdan kiçik bölgan ingliz futbolçisi maydonga tuşgan – 2005 yildan buyon eng past körsatkiç. 2005-yillarda ingliz jamoalari Yevropada ança yetakçi örinlarda bölişgani, biz qarayotgan mavsumda esa, APL yevrokuboklarda Bundesliga va La Ligadan ança ortda qolib ketganini hisobga olsak, vaziyat yanada oğir bölganini tan olişga majburmiz.
Mavzuga oid
Avvaliga hammasi oson yöldan ketayotgandek edi, masalan APL klublariga qaydnomada öz tarbiyalanuvçilariga ega bölişi kerakligi borasidagi limit haqida söz bordi. Lekin keyinçalik barça e'tibor bolalar futboliga qaratildi va limit ança yumşadi: hozirda klublar öz tizimida uç yildan ortiq şuğullangan yoş futbolçini tarbiyalanuvçi sifatida qaydnomaga kirita oladi.
2012-14 yillarda Angliyada yoşlarni tarbiyalaş borasida radikal islohotlar röy berdi. Bu özgarişlar ikki asosiy hujjat poydevori ustiga qurildi.
Premer Liga elita toifadagi futbolçilarni rivojlantiriş rejasi (Premier League Elite Player Performance Plan)
Angliya DNKsi (England DNA)
FA tadqiqotlariga köra, ingliz futbolçilari haddan taşqari kam şuğullanişi ma'lum böldi. 21 yoşga borib, 7 yoşdan boşlagan futbolçi örtaça 3760 soat maşğulot ötasa, ispanlarda bu körsatkiç 4880 soatga, fransuzlarda 5740, niderlandiyalik ösmirda 5940 soatga teng. Boşqa soliştiruv ham bor: Angliyada örtaça 15 yoşli suzuvçi haftasiga 15 soat şuğullanadi, şu yoşdagi futbolçi esa, atigi beş soat.
Muammo turnirlarning sifatida: ingliz yoşlari juda kam çetga çiqişadi, xalqaro öyinlar kam, umuman FA fikriga köra, ular bosim ostida öynaşga tayyor emas. Futbol Assotsiatsiyasi bu muammoni maşğulotlar sonini oşiriş hamda yangi turnirlar taşkil qiliş bilan yeçişga harakat qildi. Qiziq tomoni, turli yoş toifalaridagi umumiy soni 212dan ortiq bölgan bu turnirlar nihoyatda xilma-xil bölib, göyoki, FIFA simulatsiyasi rejimlariga öxşaydi – futbolçilarga nafaqat öyin vaqti taqdim etiladi, balki muayyan jabhalarda mahoratni oşiriş imkonini beradi.
Masalan, FA tomonidan eng muhim va ötiş davri hisoblangan 12-16 yoş toifasidagi turnirlarga e'tibor qarataylik:
U-13 milliy kubogi – uy va safar tizimida öynaş imkoniyati bor.
Futzal turnirlari – mini formatdagi musobaqalar yordamida futbolçi texnik tomondan rivojlanişi va yakka-yakka holatlarda tez qaror qabul qilişni örganişi mumkin.
U-15lar uçun Floodlit Cup turniri – turli oğir şaroitlar ta'minlanadi. Bolalar noqulay ob-havoda va öta yoruğ projyektorlar ostida öynaydilar.
Power Play – xuddi futzal turniri kabi, ammo baland musiqa ham qöyiladi. Öyin paytida kutilmaganda baland musiqa yangray boşlab, futbolçilarning diqqatini bölişga harakat qilinadi. Musiqa paytida urilgan gollar ikkita hisoblanadi. Bunday öyinlar futbolçilarning konsentratsiyasini oşirişda yordam beradi.
APL ham bu jarayonlarda faol qatnaşdi. Liga Bio-Banding dasturini işga tuşirdi, unga köra har yili bolalarning biologik yoşiga köra tanlab oliş imkonini beruvçi turnirlar taşkil qilinadi. Şunçaki, ma'lum yoş toifalari jamlanmasdan, bolalarning jismoniy rivojlanişiga qarab, biologik yoşi e'tiborga olinadi. Bu ayniqsa, yilning ikkinçi yarmida tuğilib, yilning boşida tuğilgan tengqurlariga nisbatan qiynaladigan bolalar uçun muhim. Kiçik yoşlarda yarim-bir yoş ham katta ahamiyat kasb etişi turgan gap.
Bundan taşqari, Premer Liga EPPP (Premier League Elite Player Performance Plan) loyihalari uçun har tört yilda 320 million funt ajratişga va'da berdi va rezerv jamoalari çempionati örniga APL U-21ni tuziş taklifini berdi. 2012 yildan beri öynalayotgan bu turnir avvalgisidan farq qiladi. Birinçidan, bu endi hududiy emas, milliy, butun Angliya uçun turnir, ikkinçidan, faqat uç nafar 21 yoşdan ötgan futbolçini tuşiriş mumkin, xolos. Ilgari klublar zaxirada qolib ketgan futbolçilarni formada uşlab turiş uçun öynatişardi. Uçinçidan, öyinlar asosiy stadionlarda, muxlislar köz öngida bölib ötmoqda – tabiiyki, yoş futbolçilar uçun kerakli tajriba.
Ikkinçi qadam – barça terma jamoalar örtasidagi boğliqlik yuqori bosqiçga olib çiqildi
2014 yildan islohotlarning keyingi bosqiçiga ötildi. Eşfort, Sautgeyt (u paytda yoşlar milliy jamoasi murabbiyi) va Kroker DNA England (Ingliz DNKsi) rejasini işlab çiqişdi. EPPP asosan klublar darajasi va futbolçining 16 yoşgaça rivojlanib borişini qamrasa, DNA England uning mantiqiy davomi bölib, U-15dan boşlab, barça yoş toifalardagi terma jamoalar nomzodlarini öz içiga oladi. Bu yerda asosiy beş savol muhim:
Biz kimmiz? (Ingliz futbolçilarida Angliya milliy jamoasida öynaşga ehtiros uyğotiş)
Qanday öynaymiz? (Barça jamoalar amal qiladigan öyin uslubi)
Angliya milliy jamoasining bölajak futbolçisi qanday bölişi kerak? (Yangi öyin modeliga mos bölgan futbolçilarni izlaş)
Qanday şuğullanamiz? (barça yoş toifalar maşğulotlari uçun umumiy falsafa örnatiş)
Jamoani qanday quvvatlaymiz? (sport ilmi va tibbiyotni rivojlantiriş)
Bu yerda eng muhimi, öyin uslubi. Inglizlar öz tizimlarining mukammal emasligini tuşunib yetdilar: kuçli va tezkor atletlar yetiştiriş mumkin, ammo...
«Agar Xavi va Inesta ingliz futbol tizimida ulğaygan bölişganida, mana şunday buyuk futbolçilar bölib yetişarmidi? Men bunga işonmayman», – degandi Sautgeyt.
Tahlilçilar yetti asosiy futbol mamlakatlarini örganib çiqib, tayyorlaniş metodlari va terma jamoa muvaffaqiyatlaridagi boğliqlikni topişga urindi. Ma'lum bölişiça, tarkibida texnikasi yuqori futbolçilar köp bölgan jamoalar köproq sovrindor bölar ekan. Ispaniya, Belgiya kabi mamlakatlarga ergaşib, inglizlar ham bolalar futbolida 11ga 11 öyinlardan voz keçdilar va maydon ölçamlarini kiçraytirdilar. Endi har bir bola köproq töp bilan muomala qiladi. Umumiy maşğulotning ham kamida 70 foizi töp bilan keçadi – bu ham majburiy talab.
«Aslida barça yoş toifalaridagi terma jamoalar yagona uslubda tayyorlanişi kerak. Ularni faqat futbolka razmerlari farqlab tursin», – deydi köpinça Eşfort.
Dastlabki davrlarda ğoyaviy yölboşçi Garet Sautgeyt edi. U darhol özining U-21 jamoasini milliy jamoa uslubiga moslaştirib, tarkibga töp bilan işlaşda mahoratli bölgan ijroçilarni jalb etdi. Jyessi Lingard, Tom Kerrol va Uill Hyuzni. Şuningdek, Sautgeyt kiçik yoşdagi jamoalarga ham yordam berdi. «Garet bizning turnirlarimizga kelib, tomoşa qilardi», – deb eslaydi U-16 murabbiyi Den Mikkişe, - «aynan şunday turnirlarning birida u ilk bor Trent bilan tanişgandi».
Mevalarni 2016 yilgaça kutişga töğri keldi. Mayda Sautgeyt jamoasi Pikford va Loftus Çiklar bilan Tulondagi turnirda ğalaba qozondi, dekabrda esa, U-16 Floridada Braziliya va AQŞ jamoalarini yutib, Nike sovrinini qölga kiritdi. Bu ğalabalar yangi tizimdagi ilk yutuqlar bölib, şundan söng inglizlar tanlagan yöllariga yanada amin böla boşladilar.
Uçinçi qadam – Infratuzilmani yaxşilaş
Infratuzilmadagi özgarişlar bolalar futbolidan ham köra kengroq va kattaroq. Şartli ravişda ularni uçga böliş mumkin:
Ommaviy sport şaroitlarini yaxşilaş;
Akademiyalarni modernizatsiyalaş;
Angliya terma jamoasi uçun Milliy markazni taşkil qiliş.
FA 2012 yilda sörovnoma yordamida aniqladiki, futbol bilan şuğullanadigan insonlarning 84 foizi asosiy muammo sifatida şaroitlarni aytar ekan. Londonda mamlakat aholisining 16 foizi istiqomat qiladi, ammo jami futbol obektlarining atigi 3 foizi Londonda joylaşgan. Butun Liverpulda faqatgina bir dona yuqori sifatli töliq futbol maydoni bor va u ham «Liverpul» futbol klubiga tegişli. FAning baholaşiça, 1,5 million ingliz futbol öynaşni istaydi, lekin maydon yöq. «Aksariyat bolalar çang va loydan iborat bölgan, notekis yerlarda öynaşadi va u şaroitlarda texnikani rivojlantirib bölmaydi», – deb yozgandi BBC Sport öz tadqiqotlarining birida.
2013 yilda FA va APLning qöşma fondi işga tuşdi va keyingi uç yilda 102 million funt «eng quyi qatlamlar»dagi infratuzilmani yaxşilaşga yönaltirildi. Aslida şu kabi fond (Football Foundation) avvaldan bölgan, lekin klublar bu yönalişda pul sarflagisi kelmas, doim qisqartiriş payida bölardilar. Qarang, bir qaraganda, umuman klublar uçun havoga pul sovurişdek tuyuladi, ammo uzoq istiqbolda mevalarini bermoqda. «Siti», «Çelsi», «Yunayted», «Liverpul», «Arsenal» kabi klublar Foden, Maunt, Abraham, Grinvud, Trent, Saka kabi iqtidorlarga ega böldi, endi ular Ispaniya yoki Fransiyadan katta summalarga futbolçi sotib olişga ön yil oldingi qadar muhtoj emas.
Yangi fond klublarning xayriya dasturlari bilan ham hamkorlik qilib, eng qaşşoq xududlarga eng yuqori sifatli çim bilan qoplangan, har biri 500 ming funt turadigan stadionlar qura boşladi.
«Bu pullar mamlakatga katta naf keltiradi», – degandi sport vaziri Elen Grant fondning oçiliş marosimida, - «endi sportga oldingidan köproq pul sarflanmoqda va avvalgidan köproq inglizlar sport bilan şuğullanişmoqda».
«Fond şaharlarimiz uçun foydali» – deydi Riçard Skademor, - «u yerlarda qaşşoq oilalarning sportga qiziqadigan lekin bunga şaroit topa olmagan juda köp bolalari bor. Aynan şu kabi loyihalardan bölgan Kickz bizga Rahim Sterling va Uilfrid Zaa kabi futbolçilarni taqdim etgandi».
EPPP’ning yana bir bandlaridan biri klub akademiyalariga tegişli. Bu borada Germaniyadan namuna olgan FA akademiyalarni kategoriyalaştirdi. Akademiyalar önlab punktlar asosida 1dan 4 kategoriyagaça tasniflanadi. Yuqori baho oliş juda muhim, çunki yuqori kategoriyadagi akademiya pastki akademiyadan iqtidorli futbolçini osonlik bilan qölga kirita oladi. Buning uçun klub bilan kelişişi şart emas, FA tomonidan belgilangan narxni tölaydi, tamom. Şu tariqa, eng iqtidorli futbolçilarning kategoriyasi, ya'ni şaroiti yaxşiroq bölgan akademiyalarga ötişi yengillaştirilgan bölsa-da, aynan şu qoidaga qarşilar köp. Zero, top-klublar akademiyalari öz moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanib, osonlik bilan eng yaxşi futbolçilarni olib qöyişlari oson bölib qolgan. Töğri, yana bir qoida bor – bolaning yangi akademiyasining uyidan uzoqligi bir soatlik yöldan ortib ketmasligi kerak.
Ammo teskari misollar ham köp. Masalan, endi kiçikroq klublar ham kategoriyada yuqoriga çiqiş uçun akademiyani yaxşilaşga kirişdilar. «Kristal Pelas» rekonstruksiya uçun 20 million funt sarfladi, «Byornli» 10,6 millionga öquv markazi oçdi, hatto Liga 2dagi «Mensfild Taun» yangi akademiya uçun 2,5 million funt işlatdi. Klublar bu investitsiyalar yordamida kelajakda millionlab foyda qiliş yoki katta transfer xarajatlarini kamaytiriş mumkinligini tuşunib qoldi.
Islohotlar 2012 yildan boşlandi, 2014 yilda ikkinçi bosqiçga start berildi. Inglizlarning JÇ-2018 va Yevro -2020dagi muvaffaqiyatlarini faqat bolalar futboli bilan boğlaş töğri bölmaydi, albatta. Lekin quyidagi raqamlar e'tirofga loyiq:
Sönggi yillarda Angliya barça yoş toifalarda Yevropada yetakçilik qilmoqda. 2017 yilda Angliya ikki jahon çempionatini yutdi: 17 va 20 yoşlilar toifasida. 19 yoşlilar toifasida Yevropa çempioni böldi. U17 Yevro finaliga çiqib, faqat penaltilar seriyasida yutqazdi. U-21 Yevropa çempionatida yarimfinalda faqat penaltilar seriyasida yutqazdi. U-18 jamoasi Tulonda nufuzli turnir ğolibi böldi. Butun futbol tarixida faqat ikki mamlakat bir yilda ham 17 ham 20 yoş toifasida çempion bölgan. 2017 yilda Angliya va 2003 yilda Braziliya.
Avvalgi avlodlardan farqli ölaroq, bugungi ösmir yulduzlar yuqori darajada ham davom etmoqdalar. U-17dan Sanço, Foden, Hadson Odoi va Eynjyel Gomes (Portugaliya çempionatida yaxşi öynamoqda), U-19 Yevropa çempionlaridan Maunt, Ris Jyeyms, Sessenon, U-20 jahon çempioni bölganlardan Tomori, Kelvert-Lyuin, Lukman, Henderson va Meytlend-Naylz.
APL ham özgarmoqda. 2020/21 mavsumida har 10 futbolçidan 4 nafari Angliya terma jamoasiga nomzod böla olişadi. Sönggi 12 yildagi eng yaxşi körsatkiç. 2019/20 mavsumidan buyon U-23 ingliz futbolçilari umumiy vaqtning 15 foizini olmoqda, sönggi beş yildagi eng yaxşi körsatkiç. CIES ta'kidlaşiça, Ligada yoş futbolçilarning umumiy soni sezilarli oşmagan bölsa-da, ularning ahamiyati oşgan. Buni biz aynan yuqori örinlardagi klublar safida inglizlar soni oşganidan ham körişimiz mumkin.
Bundan taşqari, yoş futbolçilar britan futboli qobiğida öralaşib qolmasdan, osonlik bilan boşqa ligalarda ham özlarini körsata olmoqdalar. Ijara şartnomalari yordamida Lukman (Leypsig), Nelson (Hoffenhaym), Sanço (Borussiya) kabi futbolçilar Bundesligada ösdilar. Himoyaçi Jonjo Kenni «Şalke»da yaxşi mavsum ötkazdi. Rayan Sesenon Mourinodan söng, «Hoffenhaym»da eski darajasiga qayta boşladi. Jud Bellinhem dortmundliklar safida YeÇL pley-offlarida asosiy tarkibda tuşmoqda. Tomori bir mavsumda «Milan»da özini körsatib, 28 million yevroga transfer qilinyapti. Inglizlar yildan yilga raqobatbardoş bölib bormoqdalar. Yaqin yillargaça yoş inglizlar niderlandiyalik yoki ispaniyalik tengqurlariga yutqazib qöyişardi.
Yevro-2020da Angliya eng yoş tarkiblardan biriga ega – 24,8. Faqat Ispaniya va Turkiyaning tarkiblari yoşroq edi. Milliy jamoaning asosiy yulduzlari – Sterling, Keyn, Pikford, Uoker va Maguayr 25-30 yoşlar orasida, ya'ni islohotlar boşlanayotganda bu futbolçilar kattalar futboliga kirib kelayotgan edi. Bugungi asosiy tarkib futbolçilari içida faqat Meyson Mauntni tölaqonli islohotlar mevasi deyişimiz mumkin.
Ammo juda köp yoş iqtidor egalari ham şu safda borki, ularning ayrimlari Sautgeyt bilan Yevroda qatnaşmoqda va murabbiy hozirça ulardan foydalanmayapti. Ayrimlari esa, katta ehtimol bilan keyingi sikllarda paydo bölişadi. Ular – yangi asrda tuğilgan yulduzlar: Meyson Grinvud (islohotlar boşlaniş paytida 10 yoşda bölgan), Sanço (11 yoş), Foden (12 yoş), Saka (11 yoş) Bellinhem (9 yoş), Din Henderson (12), Hadson-Odoi (11), Kertis Jons (12). Yana «Bavariya»da porlayotgan 18 yoşli Jamal Musialu ham bor, u ham ingliz futbol tizimida tarbiyalandi, ammo terma jamoa sifatida Germaniyani tanladi.
Bu avlodda birorta ham şarmandali natijalar yöq. 2021 yilning bahorida The Athletic salohiyati eng yuqori bölgan 20 nafar yoş iqtidorlar böyiça hisobot tayyorladi va u yerda 13 futbolçi angliyalik.
2013 yilda FAning yangi rahbari Greg Dayk islohotlarning asosiy maqsadini e'lon qilganida, Yevro-2020 yarim finali va Qatardagi JÇda ğalaba qozonişni aytgandi.
Sautgeyt bugunoq öşa rejani ortiği bilan bajarişi mumkin. Gap unda emas. Bunday turnirlarda ğalaba qozonişning yöllari, misollari köp. Hamma çempionlar ham sakkiz yil kutişmagan-ku, töğrimi? Lekin yuqoridagi islohotlarning yutuği boşqa joyda: 55 yilda ilk marta katta turnir finaliga çiqqan Angliya tanqid ostiga olinyapti, butun salohiyatdan töliq foydalana olmayotgan murabbiy sifatida Sautgeyt tanqidga uçramoqda. Tasavvur qilyapsizmi? Bunday poydevor, bunday munosabat bilan endi Angliya nafaqat bu turnirda, balki kelajakda yana bir neçta yirik turnirlarda asosiy favorit bölib kelaveradi, Mana bunisi kattaroq yutuq. Mana bunisi tizimli, oğir va halol mehnatning samarasi. Qoyil qoliş kerak.
Spors.ru materiali asosida Qahramon Aslanov tayyorladi