Yevro-2020 yakuniga yetdi. «Uembli»da ötgan finalda Angliya va Italiya özaro bahs yuritişdi. 

Öyinning asosiy vaqtida kuçlar teng keldi. 2-daqiqadayoq Lyuk Şou hisobni oçib, Yevropa çempionati finallaridagi eng tezkor gol muallifiga aylandi. Ikkinçi bölimda Angliya hisobni saqlab qolişga urinib, himoyaga e'tibor qaratdi va 67-daqiqada jazolandi — Bonuççi burçak zarbasidan söng inglizlar jarima maydonçasi içida yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan unumli foydalandi. «Yuventus» himoyaçisi bu goli orqali Yevro finallarida töp kiritgan eng yoşi katta futbolçi bölib oldi. 

Qolgan vaqt davomida va qöşimça bölimlarda darvozalar daxlsiz qoldi. Penaltilar seriyasida esa Italiya ğalabaga erişib, öz tarixida 2-bor qit'a çempioniga aylandi. 

Yevro-2020. Final
Italiya — Angliya 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:2.
11 iyul. «Uembli»
Gollar: Bonuççi (67) — Şou (2).
Italiya – Donnarumma, Bonuççi, Emerson (Florensi, 118), Di Lorenso, Kellini, Verratti (Lokatelli, 96), Jorjino, Insine (Belotti, 91), Barella (Kristante, 54), Keza (Bernardeski, 86), Immobile (Berardi, 55). 
Angliya – Pikford, Tripper (Saka, 71), Maguayr, Stounz, Şou, Maunt (Griliş, 99), Rays (Henderson 74, Reşford 120), Sterling, Fillips, Uoker (Sanço, 120), Keyn.
Ogohlantirişlar: Barella (47), Bonuççi (55), Insine (84), Kellini (90+6), Maguayr (106), Jorjino (114).
Penaltilar seriyasi: Berardi (1:0), Keyn (1:1), Belotti (1:1, darvozabon), Maguayr (1:2), Bonuççi (2:2), Reşford (2:2, noaniq), Bernardeski (3:2), Sanço (3:2, darvozabon), Jorjino (3:2, darvozabon), Saka (3:2, darvozabon).