Muxlislarga kutilgan şiddatni taqdim eta olgan Yevro-2020da faqat ğolib nomini aniqlaş qoldi. Ya'ni, bizni desert kutmoqda. Italiya öz tarixida ikkiçi marta, Angliya esa birinçi marta Yevropa çempionatini yutişi mumkin. Quyida Yevrolar tarixidagi qiziqarli finallarni yodga olamiz. Albatta, bu bizning talqin, kim uçundir boşqa final qiziqarliroq va hayajonliroq ötgan bölişi mumkin.

Yevro-1992. Daniya – Germaniya 2:0

Şvetsiyada ötgan 1992 yilgi Yevropa çempionati futbol qoidalar va taxminlarga böysunmasligini yana bir bor isbotlagan. Aslida, guruhdagi natijalarga köra, Yugoslaviyadan ortda qolgan daniyaliklar musobaqaga bormasligi kerak edi. UYeFA Yugoslaviyani mamlakatdagi siyosiy beqarorlik sabab turnirdan çetlatgaç, Daniya final bosqiçiga çiqadi va hatto ğalaba qozonadi.

Yarimfinalda ularga Niderlandiya raqiblik qiladi. Daniyaliklarning temir asablari ularga katta ğalabani taqdim etadi. 90 daqiqa deyarli teng kuraş bölganiga qaramay, «uçar gollandlar» qöşimça bölimlarda kuçli şturm uyuştirib, raqibni öz yarimmaydoniga «qamab qöyadi». Omad va darvozabon mahorati öyinni penaltilargaça olib boradi. Lotereyada esa Şmeyxelning mahorati hamda van Bastenning maşhur xatosi daniyaliklarni finalga olib çiqadi.

Germaniya musobaqa mezboni Şvetsiyani yengib, ikkinçi finalçi bölgandi. Finalda Daniya bilan öynaydigan Germaniya muxlislari öyin boşlanmay bayramni boşlab yuborişgandi. Biroq Daniya ham final rejasini tuzgan edi. Ha, bu davrdagi Daniya – Laudrup, Şmeyxel va Larsen kabi nomlar bilan ança yulduzli köriniş olgandi, biroq nemislar har qanaqasiga favorit edi.

Finalda Yensen va Vilfort tomonidan urilgan gollar Daniyani tarixiy çempionga aylantirdi. Dunyo siyosiy mojarolar öçoğiga aylanib turgan paytda, Yevropa birinçiligining bu qadar quvnoq ötişi barçani xursand qilgani aniq. Albatta, köhna qit'a grandlaridan taşqari.

Yevro-1976. Çexoslovakiya – Ğarbiy Germaniya 2:2 (penaltilar seriyasida 5:3)

Nyuton qonuni, Nobel mukofoti kabi iboralar inson nomi bilan boğliqligi unutilib ketgan darajada maşhur. Futbolda ham şunday ibora bor – Panenka zarbasi. Bugun bunday zarba berganlar dahoga çiqariladi, biroq birinçi bölib kim bunday zarba yöllaganini doim ham eslayverişmaydi. Bu zarba aynan biz eslayotgan finalda kaşf etilgandi.

Belgraddagi finalni Çexoslovakiya tezkor ikkita gol bilan boşlaydi va nemislar ularga birinçi taymdayoq bir marotaba javob qaytarişni uddalaşadi. Yaxşiyamki, Xyolsenbayn 89-daqiqada hisobni tenglaştiruvçi golga mualliflik qilgan ekan, aks holda öşa maşhur penalti tepilmay qolardi. Ekstra taymlar 90 daqiqa içida bir-biridan ança hayiqib qolgan va kuraşaverib tinkasi qurigan jamoalarning nisbatan nursiz hujumlari ostida keçadi.