Toliblar Rossiyadan harakatni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni so‘radi
8-9 iyul kunlari "Tolibon" delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurdi va Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: RIA Novosti
"Tolibon" Rossiya tomoni bilan harakatga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni olib tashlash masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda harakatning Dohadagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin ma'lum qildi.
8-9 iyul kunlari "Tolibon" delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurdi va Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Biz Rossiya hukumatidan BMT xavfsizlik kengashining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishini so‘radik", - dedi Shahin.
Ta'kidlanishicha, toliblar va AQSh o‘rtasida 2020 yilda tuzilgan kelishuvda harakatni barcha "qora ro‘yxatlar"dan chiqarib yuborish ko‘zda tutilgan va Vashington buning ustida ishlamoqda.
Avvalroq "Tolibon" harakati Moskvada o‘tkazilgan uchrashuvda Afg‘onistondan Rossiya va Markaziy Osiyodagi boshqa qo‘shni davlatlarga hujum qilish uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ma'lum qilgandi. Shuningdek, harakat Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegaraga hujum qilmaslikka va'da bergan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya muzokaralar kunida Ukrainaga dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 12:34
-
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
Jahon | 12:16
-
Sutchilik tarmog‘ini rivojlantirishga 53 mln dollar ajratiladi
O‘zbekiston | 12:11
-
Suriya banknotlarini Rossiyada bosib chiqarishni to‘xtatmoqchi
Jahon | 11:34
Mavzuga oid

16:27 / 15.05.2025
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu nima uchun muhim?

08:30 / 14.05.2025
Makron Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, sanksiyalar bilan tahdid qildi

11:50 / 13.05.2025
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

08:40 / 13.05.2025