«Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi jamoasi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, adib Dadaxon Nuriyning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya bildiradi.

Janoza namozi bugun soat 19:00da Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani Tamaraxonim köçasi 2-uy hovlisida öqiladi. Marhum «Minor» qabristoniga qöyiladi», deyiladi ta'ziyanomada.

Dadaxon Nuriy 1943 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Toşkent davlat universitetining Şarq fakultetini tamomlagan.

Hamza nomidagi akademik drama teatrida rassom, maxsus maktablarda hind tili öqituvçisi, «Guliston», «Gulxan» jurnallari va Özbekiston televideniyesida adabiy xodim va muharrir bölib işlagan.

Dastlabki lirik qissasi – «Oqşom qöşiqlari» (1963). Şundan söng yozuvçining «Begona» (1968), «Boğlarda bahor», «Maşina Kaşmirga boradi» (1970–71), «Osmon ustuni» (1976), «Şahar tegirmoni» (1990), «Begona» (1991) kabi kitoblari naşr etilgan.

Esse, sayohatnoma janrida ham asarlar yozgan («Dariçam röparasidagi Pokiston» – 1996 yil; «Oltin devor tirqişidan»–1998; «Azim çinorlar panohida» – 2005; «Ram sohibdan hammaga salom» – 2007). Ayniqsa, yozuvçining «Boysun junglilaridan Kandi örmonlarigaça», «Töqilmagan sarguzaştlar» kitobi köpçilikda katta qiziqiş uyğotgan.

Dadaxon Nuriy sönggi yillarda «Niqobsiz Amerika va boşqa manzilgohlar» (2010), «Olisdagi dala boğ», «Iztirob» (2017), «Vijdon hayqiriqlari» (2018) kabi kitoblarni yozdi.

Asarlari hind, urdu, ingliz, qozoq, koreys, turk va rus tillariga tarjima qilingan.