Özbekiston şaharlari bugungi kunda qanday rivojlanyapti? Davomiy qurilişlar şaharsozlik siyosati asosida amalga oşirilyaptimi? Ommaviy qurilişlar va buzilişlar nega boş reja asosida qilinmayapti?

Kun.uz aniq rejasiz rivojlanayotgan şaharlar, yöllar, jamoat transporti, qurilişlar va ijtimoiy tengsizlik kabi mavzularda arxitektor Taxmina Turdialiyeva va "Yaşil quriliş" sohasi mutaxassisi, xalqaro ekspert Temurbek Ahmedov bilan suhbatlaşdi.

"Hokimiyat tizimida ijodkorlik kam, tizim qotib qolgan"

— Taxmina, birinçi savolni sizga bermoqçiman. Sizni mamlakatdagi iqtidorli arxitektorlardan biri sifatida bilamiz, qator tanlovlarni yutgansiz. Va şu tufayli siz 2020 yilda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning quriliş masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangandingiz. Keyinroq eşitdikki, bu vazifadan ketgansiz. Nima böldi özi, iş jarayoni sizni qoniqtirmadimi yoki boşqa sabablar bormi?

— Özimning orzu-maqsadlarimni u yerda amalga oşirolmasligimni tuşundim. Çunki kasbim ijodkorlikni talab etadi. Hokimiyatda işlaş qiziqarli, menga viloyat hokimi bilan işlaş yoqdi. Ammo u yerda ijodkorlik juda kam. Har doim arxitektor sifatida qobiliyatimni rivojlantirişni istaganman, nafaqat respublika, balki dunyo miqyosida tan olişlarini xohlayman.

Hokimiyatda işlab arxitektor sifatida rivojlanişim qiyin masala, çunki u yerda ijodkor emas, mas'ul lavozim egasi sifatida tanilişim mumkin. Hokimiyatda ijodkorlik kam, tizim qotib qolgan. Bir özim quriliş masalalari maslahatçisi sifatida tizimni özgartirolmayman, degan xulosaga keldim. Lekin kuraşib qandaydir özgartiriş kiritişim mumkin edi, lekin unga juda köp energiya va yillar kerak bölardi.

— Bugun Samarqand şahrining qiyofasiga afsuski havas qilib bölmaydi. Şahar juda tartibsiz bölib yotibdi. Siz bir muddat şu viloyatda işlab körgan kadr sifatida bu holatning sabablarini qanday izohlagan bölardingiz? Nega Samarqand bunçalik tartibsiz joyga aylandi?

— Samarqand şahrini çiroyli şahar, deb bilaman. Şaharning asosiy tarkibiy qismi bino emas, u yerdagi relef öziga xos, tabiiy boyliklariga ega. Xususan, menga tepaliklarda joylaşgan qabristonlari ajoyib peyzaj yaratgani yoqadi