Bir vaqtlar Afğoniston hududi Xuroson nomi bilan musulmon madaniyati, ilmi va iqtisodi markazi bölgan. Amir Temur saltanatining muhim tayançlaridan biri Hirot şahri edi. Temuriylar nizolari yirik davlat parçalanişiga olib kelsa-da, Xuroson yaxlit mamlakat maqomini saqlab qolgan va yuksalişda davom etgan. Husayn Boyqaro, Alişer Navoiy davrida dunyo nigohidagi nuqtalardan biriga aylangan.

Bu köhna tarix. Afğonistonning farovon yaşagan, ilm-fan, madaniyat, iqtisod rivojlangan zamonaviy tarixi ham bor.

1979 yilda sovet qöşinlari kiritilişini tarixning öziga xos buriliş nuqtasi deb ataş mumkin va şundan keyin Afğoniston butkul uruşlar girdobiga şönğib ketdi. Bu sana ham şartli albatta, çunki bunga qadar ham Afğonistonda taxt talaşişlar, davlat boşqaruvidagi özgarişlar, yirik uruğlar, millatlararo ziddiyatlar muntazam sodir bölib kelgan. Biroq bu uruşlar davlatçilik asosi – umumiy tinçlik orqali farovonlikka erişişga jiddiy ta'sir qilmagan.

1919 yilda otasining ölimidan söng amakisini ağdarib taxtga çiqqan Omonullaxon Afğonistonni Britaniyadan mustaqil deb e'lon qiladi. Hokimiyatdan ruhlangan Omonullaxon inglizlarga qarşi uruş boşlab yuboradi, ammo qator mağlubiyatlarga uçraydi. Şunga qaramay, Britaniya Afğoniston mustaqilligini tan oladi.

Undan keyin turli yillarda Habibullo, Nodirşoh, Zohirşoh, Muhammad Dovud kabi şaxslar davlat tepasiga kelişadi va ularning har biri öziga xos yangi tuzum örnatişga harakat qilişadi. Ammo eng asosiy muammo şunda ediki, davlat rahbarining milliy etnik kelib çiqişiga jiddiy qaralar, boşqa millat yoki elatlar darhol oşkora yoki pinhona muxolifatga kirişib ketişardi.

Toğlar orasida, çeklangan hududlarda uzoq vaqt öz qonunlari bilan yaşagan uruğlar boşqa birovga böysunişni tasavvur ham qila olişmasdi.

Şunga qaramay, ikkinçi jahon uruşidan keyingi ön yilliklarda Afğoniston barqaror davlat sifatida şakllanib, rivojlanib bordi. Qator universitetlar oçildi, ziyoli odamlarning nufuzi oşib bordi, rivojlangan davlatlar, hatto AQŞdan kelib doimiy işlovçilar paydo böldi. Sanoat rivojlandi, afğon matolari, gilamlar eksporti keskin oşdi (darvoqe, hanuz bu yönaliş davlatga tuşumlarning salmoqli qismini taşkil etadi).

Turizm rivojlandi, ulkan inşootlar foydalanişga topşirildi. Ta'lim, tibbiyot rivojlandi, afğon jarrohlari murakkab operatsiyalarni amalga oşira boşladilar. Ayollar huquqlari böyiça qator muvaffaqiyatlarga erişildi. Umuman, ayollarning bu davlatda emin-erkin hayot keçirgan davri ana şu qisqa vaqtga töğri keladi.

Madaniyat gullab-yaşnadi. Buni bir inson misolida tuşuntirişning özi kifoya. Afğon xonandasi Ahmad Zohir ayni şu davrda yaşab ijod etdi. 33 yilgina yaşab, ulkan madaniy meros qoldirgan bu hofizga maşhurlik borasida haligaça forsiyda kuylovçi biror san'atkor yeta olgani yöq.