Ma'lum bölişiça firibgar bir neça fuqarolarning işonçiga kirib, tanişlari orqali Sergeli tumani hududidan imtiyozli narxlarda uy olib berişini aytib  313,5 mln pulni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan ma'lum qilindi.

Departamentning M.Uluğbek tuman bölimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uçun sudlangan fuqaro G.U. bir neça fuqarolarning işonçiga kirib, ularga tanişlari orqali Sergeli tumani hududidan yangi qurilgan uylardan imtiyozli narxlarda uy olib beriş evaziga har biridan 850 AQŞ dollaridan hisoblab jami 313,5 mln söm pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.