Xitoy hukumati pandemiyaga qarshi kurashish va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishni tiklash uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga yaqin uch yil ichida 3 mlrd dollar mablag‘ ajratadi. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin ma'lum qildi.
"Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarga 500 mln doza vaksina yetkazib berdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning pandemiyaga qarshi kurashishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam berish uchun yaqin uch yilda 3 mlrd dollar ajratamiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Xitoy markaziy televideniyesi.
"Biz hamkorlik uchun birlashishimiz, qiyinchiliklarni birgalikda yengishimiz lozim", - dedi u.
Si Tszinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumiga pandemiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy tiklanish fondini tashkil etishi uchun ham mablag‘ ajratadi.











