Buxoroda joylaşgan 7 ta tarixiy obida ICESCOning Islom olami merosi röyxatidan joy oldi, deya xabar berdi viloyat madaniy meros boşqarmasi matbuot xizmati.
Uşbu röyxatga Ismoil Somoniy maqbarasi, Çor Bakr, Bahouddin Naqşband majmualari, Mağoki Attor masjidi, Poyi Kalon ansambli, Qadimgi Poykent şahri qoldiqlari va Toşsaroy madrasalari kiritilgan.
Madaniyat vazirligi va viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Buxorodagi uşbu madaniy meros obektlarining tegişli nomzodnoma hujjatlari Islom olami merosi Qömitasiga taqdim etilgan.
2021 yilning 29 iyun kuni Islom olami merosi Qömitasining töqqizinçi majlisi onlayn tarzda bölib ötgan uçraşuvda Özbekiston nomidan taqdim etilgan nomzodnoma hujjatlari körib çiqilib, Buxorodagi 7 ta madaniy meros obekti röyxatga olingan.
Uçraşuvda, şuningdek, kelajakda uşbu madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş, ularni örganiş va xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş böyiça ICESCO va Islom olami merosi Qömitasi bilan hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş yuzasidan kelişib olingan.











