Buxorolik tadbirkorga nisbatan tovlamaçilik jinoyatini sodir etgan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmiga köra, Toşkent şahrida yaşovçi, 72 yoşli H.Yu. Buxoro şahridagi MÇJlardan birining rahbariga özini “Prezident administratsiyasi masʼul xodimi” sifatida taniştirgan.
H.Yu. tadbirkorga administratsiya tomonidan y rahbarlik qilayotgan jamiyat faoliyati böyiça tekşiriş ötkaziş topşiriği berilganini, jamiyatga ajratilgan kredit mablağlari maqsadsiz sarflangani yuzasidan maʼlumotlar borligini aytib, qörqitgan. Tekşiriş yakunida barça mol-mulklaridan mahrum bölişi mumkinligini bildirgan.
Söngra işni “yopdi-yopdi” qilişini aytib, tadbirkordan 500 ming dollar söragan. “Xamir uçidan patir” sifatida bank kartasiga 10 mln söm ötkazdirib olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan.
H.Yu. sudda aybiga iqrorlik bildirmagan va tadbirkordan yarim mln dollar talab qilmaganini aytgan.
“2025-yil oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali bir MÇJ rahbarining telefon raqamini topib oldim. Söng uşbu jamiyat boş hisobçisi E.ning ham telefon raqamini topib, unga qönğiroq qildim va Prezident administratsiyasida işlaşimni, jamiyat rahbari menga qönğiroq qilişini aytdim.
Şu kuni jamiyat rahbari menga qönğiroq qildi. Unga administratsiyada işlaşimni, jamiyat ustidan şikoyat tuşganini, şu sababli özim Buxoroga borib, uçraşişimni bildirdim.
2 kundan söng Buxoro şahriga bordim. Kogondagi temiryöl bekatida meni MÇJ rahbari kutib oldi. U bilan Buxoro şahridagi ofisiga bordik. Suhbat davomida ularga MÇJ faoliyati böyiça administratsiyaga murojaat kelib tuşganini, 40 mln dollar kredit olib, tekşiruv davomida yöq narsani körsatganini, zavod hozirgi kunda faoliyat yuritmayotganini aytdim hamda hujjatlardagi kamçiliklarni töğrilab qöyişlarini bildirdim.
Şu vaqtda yonimga jamiyat boş hisobçisi va yuristi keldi. Ular mendan Prezident administratsiyasi masʼul xodimiligimni tasdiqlaydigan hujjat söraşdi. Şundan söng MÇJ rahbari şaxsimga oid maʼlumotlarni yozib oldi va temiryöl vokzaliga olib borib qöydi”, degan H.Yu. suddagi körsatmasida.
Şu tariqa, H.Yu. Toşkent şahriga qaytib kelgan. Bir neça kundan söng unga MÇJ rahbari qönğiroq qilgan.
“Tadbirkorga hujjatlaridagi kamçiliklarni töğrilab qöyişini aytdim. U kamçiliklar hammada bölişini bildirib, yordam söradi. 2025-yil 4-noyabr kuni Toşkent şahrida kafeda körişdik. Men unga arizani tinçitiş uçun yordam berişimni aytdim.












