Rossiya tankçilari 200 kilometr yöl bosib, Afğoniston bilan çegara yaqinidagi Tojikistonning Harb-Maydon poligoniga yetib keldi. Ular Rossiya, Özbekiston va Tojikistonning qöşma maşğulotlarida iştirok etadi, deb xabar berdi TASS.

Xabarda aytilişiça, poligonga 50 birlikka yaqin Rossiya harbiy texnikasi keltirilgan.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi Afğoniston çegarasidan 20 km uzoqlikda joylaşgan Harb-Maydon poligonida 5 avgustdan 10 avgustgaça Rossiya, Özbekiston va Tojikiston harbiylari iştirokida öquv maşğulotlari ötkazilişini ma'lum qilgandi.

Ayni vaqtda Afğonistonda xorijiy qöşinlar olib çiqilişi ortida “Tolibon” harakatining faollaşuvi kuzatilmoqda. “Tolibon” rahbariyati Afğoniston hududidan Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyaga hujum qiliş uçun foydalanişga yöl qöymaslikka va'da berayotganiga qaramay, Afğonistondagi jangovar harakatlar qöşni davlatlar hududiga ötişi mumkinligi bilan xavf solmoqda.