Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Murat Kamolov 19 iyul kuni “Diplomatic World” jurnali ijroçi direktori Barbara Ditrix va “Diplomatic World Institute” markazi menejyeri Alberto Turkstrani qabul qildi. Bu haqda Jöqorği Kengesi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuvda mehmonlar köp yillar davomida Orol dengizi qurişining salbiy oqibatlari bilan kuraşib kelayotgan respublikada bugungi kunda amalga oşirilayotgan işlarni yuqori baholagan.

Şu bilan birga, Özbekistonning Belgiyadagi elçixonasi rahbariyati bilan erişilgan kelişuv böyiça 2021 yil sentyabrda Özbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bağişlangan jurnalning maxsus soni naşr qilinişini ham aytib ötgan.

Ta'kidlanişiça, jurnalda Orol dengizining qurişi bilan boğliq tabiiy ofatning oqibatlarini bartaraf etiş, mintaqani ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiriş, turizmni rivojlantiriş, respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, energetika jabhasini rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar xususida material tayyorlaşni rejalaştirgan.

Belgiyalik mehmonlar Qoraqalpoğistonga taşrifi davomida I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyiga sayohat qilgan va Möynoq tumani bilan tanişgan.

Ma'lumot uçun, “Diplomatic World” jurnali siyosat, diplomatiya, biznes, moliya, san'at va madaniyat sohalarini keng yoritib kelmoqda. Jurnal Yevropaning parlament a'zolari, Yevropa Ittifoqi rahbarlari, işbilarmon doiralar, diplomatik korpus va Bryusselda akkreditatsiyadan ötgan xalqaro taşkilotlarga tarqatiladi.