Jumladan, «Urganç xalqaro aeroporti» çegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijga uçib ketayotgan fuqaro S.R. özi bilan 1724 yilda zarb etilgan qadimiy va 1970 yilda zarb etilgan tarixiy tangalarni olib ketişga uringan çoğida töxtatib qolindi.

Qadimiy tangalar aşyoviy dalil sifatida vaqtinça saqlovga olindi va Xivadagi «Içon qal'a» davlat muzey-qöriqxonasi fondi tasarrufiga topşirildi.

Madaniy boyliklarning Özbekiston Respublikasidan olib çiqilişi va olib kirilişi tartibi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib çiqilişi va olib kirilişi masalalarini tartibga soliş töğrisida»gi 131-sonli qaroriga muvofiq amalga oşiriladi.

Ma'lumot örnida, 2021 yilning 6 oyi davomida «Urganç xalqaro aeroporti» çegara bojxona posti xodimlari tomonidan 7 ta holatda 18 dona qadimiy tanga va ordenlarning respublikamiz hududidan noqonuniy olib çiqib ketilişiga çek qöyilgan.