Vazirlar Mahkamasi tomonidan Özbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta'lim taşkilotlarining qöşma ta'lim dasturlari asosida ta'lim faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

2022 yil 1 yanvardan boşlab qöşma ta'lim dasturlarini Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ekspertizadan ötkaziş tartibi joriy etiladi va faqat ijobiy ekspertiza xulosasiga ega bölgan qöşma ta'lim dasturlari asosida ta'lim faoliyatini taşkil etişga ruxsat beriladi.

Qöşma ta'lim dasturlari asosida 2021/2022 öquv yilidan boşlab öqişga qabul qiliş ikki bosqiçda amalga oşiriladi:

I bosqiçda xorijiy hamkor oliy ta'lim taşkiloti bilan kelişilgan holda işlab çiqilgan qabul qiliş tartibiga muvofiq kiriş imtihonlari ötkaziladi;

II bosqiçda Özbekiston oliy ta'lim taşkilotining buyurtmasi asosida Davlat test markazi tomonidan kelişilgan muddatlarda qöşma ta'lim dasturida öqitiş olib boriladigan çet tilidan kiriş imtihoni ötkaziladi.

Bunda:

  • birinçi bosqiçda kiriş imtihonlarida töplaş mumkin bölgan maksimal ballning 30 foizini töplagan abituriyentlar ikkinçi bosqiçda ötkaziladigan imtihonda iştirok etişga haqli böladi;
  • ikkinçi bosqiçda çet tili böyiça kiriş imtihonlarida töplaş mumkin bölgan maksimal ballning kamida 30 foizini töplagan abituriyentlar qöşma ta'lim dasturi böyiça ötkaziladigan tanlovda iştirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib çiqib, öqişga qabul qilinadi. Çet tili böyiça bakalavriatda kamida V1 darajadagi, magistraturada kamida V2 darajadagi milliy va unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölgan abituriyentlar ikkinçi bosqiçda çet tilidan ötkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqiç uçun maksimal ball beriladi.

Qöşma ta'lim dasturlari asosida öqişga qabul qiliş natijalarini tasdiqlaş tartibi Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim taşkiloti tomonidan xorijiy hamkor oliy ta'lim taşkiloti bilan kelişilgan holda belgilanadi.

Qöşma ta'lim dasturlari asosida oliy ta'lim taşkilotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarga xorijiy hamkor oliy ta'lim taşkiloti joylaşgan davlatda tan olinadigan hamda Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim taşkilotining davlat namunasidagi diplomi taqdim etiladi.