Qatar Airways "Top Airlines in the World" reytingida "yil aviakompaniyasi" deb topildi. Reytingda parvozlar xavfsizligi, bortda xizmat körsatiş, yölovçilarga yaratilgan qulayliklar va aviaparvozlar yönalişlari hisobga olingan.

Şuningdek, ekspertlar aviakompaniyalarni  koronavirus pandemiyasiga qanday javob qaytarganini ham hisobga olgan.

Qatar Airways samolyot kabinalarining innovatsion yeçimi, bortda xizmat körsatiş darajasi va "koronavirus pandemiyasi davrida öz işiga sodiq qolgani" uçun eng yaxşi aviakompaniya deb topildi, deb yozadi AirlineRatings.com.

Qatar Airways birdaniga sakkiz poğona yuqori kötarilgan. Bunga qadar Air New Zealand aviakompaniyasi birinçi örinda edi. Reytingga hammasi bölib 20 aviakompaniya kiritilgan.

Eng yuqori beştalikdan, şuningdek, Air New Zealand, Singapore Airlines Ltd., Qantas Airways Ltd. va Emirates Airlines aviakompaniyalari joy olgan.

Uşbu reytingga faqat yettita xavfsizlik yulduziga ega aviakompaniyalar kira oladi.