Oilalarga ikkinchi va uchinchi farzand uchun bola 3 yoshgacha to‘lguncha oyiga 500 yuan (78 dollar) miqdorida yordam puli to‘lanadi. Shuningdek, ikkinchi yoki uchinchi farzandga homilador ayollar bepul parvarishlanadi. Shuningdek, mahalliy ish beruvchilarga tug‘uruqni rag‘batlantirish tavsiya etilgan.
Ushbu chora Xitoyda tug‘ish darajasi pasayib ketgani bilan bog‘langan. Hukumat tug‘ish darajasi pastligi ortida mehnatga layoqatli aholi kamayib ketishi va buning natijasida iqtisodiyot pasayishidan xavotirlanmoqda.
“Biz turmush sifatini yaxshilashimiz, bolalarni parvarishlashning inklyuziv tizimini yaratishimiz hamda oilani rejalashtirish siyosatiga muvofiq iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni ta'minlashimiz lozim”, deb aytgan avvalroq Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan.
Avvalroq Xitoyda tug‘uruqni rag‘batlantirish maqsadida uchinchi farzand ko‘rganlik uchun jarima va boshqa cheklovlar bekor qilingandi.











