Iyul örtalarida Rossiya va Germaniya vakillari Boku şahrida uçraşuv ötkazgan. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Berlinda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan qöşma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, ikki mamlakat vakillari 12-14 iyul kunlari Ozarboyjonda bölgan. Ozarboyjon hukumati uşbu muzokaralar töğrisida xabardor qilinmagan.
Aliyev muzokara ötkazganlar orasida Rossiya sobiq boş vaziri Viktor Zubkov va Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş va inson huquqlari böyiça kengaş raisi Valeriy Fadeyev bölganini aytdi.
Ozarboyjon prezidenti agarda muzokaralarda Rossiya-Ukraina nizosini bartaraf etiş masalasi muhokama qilingan bölsa, bunday muzokaralarni «faqat olqişlaşi»ni bildirdi.
Iyun oyi boşlarida Die Zeit gazetasi Germaniya hukumati Rossiya bilan muzokara ötkazişga tayyorgarlik körayotgani haqida yozgandi. Naşr xabariga köra, Fridrix Mers devonxonasi bu masalada Fransiya va Buyuk Britaniya vakillari bilan maslahatlaşgan.

















