Bugun, 31 iyul kuni Xalqaro press klubning OTMlarga qabul mavzusiga bağişlangan sessiyasida Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov magistratura imtihonlarida yillar davomida adolatsizliklar bölib kelgani va şu yilgi qabuldan buni bartaraf etiş uçun rejalar amalga oşira boşlangani haqida töxtaldi.

Vazirning qayd etişiça, magistratura imtihonlari 3ta asosiy yönalişda ötkaziladi: bakalavr diplomining örtaça ballini inobatga oliş, çet tili va mutaxassisliklardan imtihon.

Çet tili imtihonlarini ötkazişning Davlat test markaziga ötkazilişi orqali imtihonni şaffof bölişiga erişilişi maqsad qilingan.

“Bu yil vaqt qisqaligi uçun mutaxassislik fanlaridan olinadigan imtihonni DTMga ötkazişga ulgurmadik. Kelasi yilgi qabuldan mutaxassislik fanlaridan imtihonlar ham DTMga ötkaziladi. Buni şu yil bakalavrda öqiyotganlar eşitib olişi kerak. Buning bilan inson omilini kamaytiramiz”, dedi Abduqodir Toşqulov.

Şuningdek, keyingi öquv yilidan çet tili sertifikatiga ega bölmagan abituriyent magistraturaga hujjat topşira olmaydi.

Tegişli qarorga köra, 2022/23 öquv yilidan boşlab, OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega şaxslar iştirok etişi tartibi joriy etiladi.

Bunda, filologiya yönalişlari böyiça kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yönalişlari böyiça esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.