Kun.uz “Optimist” ruknining navbatdagi qahramoni Durdona Bahronova – veb-dasturçi. U AQŞning Kremniy vodiysida malaka oşirib qaytgan. Biz Durdona bilan Özbekistondagi IT sohasi, qizlar ta'limi, şaxsiy rivojlanişning ahamiyati, özbek va xorij yoşlari örtasidagi farq va boşqa mavzularda suhbatlaşdik.

Ma'lumot uçun, qahramonimiz Toşkent şahridagi xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan. Dasturçilik sohasida 3 yil tajribaga ega.

Durdona Toşkentdagi Super Dispatch xalqaro kompaniyasida faoliyat yuritadi. IT'ning yuragi bölgan Kremniy vodiysida 5 oylik tajriba orttiriş dasturida ğolib bölgan. “Google Developers of Tashkent” hamjamiyati a'zosi, “Women techmakers of Tashkent Community” lideri.

“Qiziqqan odamga dasturçilik qiyin emas, qizlar ham bemalol örgansa böladi”

— Toşkentdagi Vestminster xalqaro universitetiga hujjatlarimni topşirayotganimda fakultet tanlaş vaqtida dasturçilik asoslarini ham örgatadigan fakultetni tanladim. Çunki saytlar qanday yasalişiga juda qiziqqandim. Öz qölingiz bilan nimadir yarata olişingiz – juda qiziq hissiyot. Öqigan yönalişimda ham biznes, ham analitikani örgandik. Qöşimça qilib, dasturçilikni ham özlaştirdik.

Dasturçilik bir neçta yönalişlarga bölinadi. Qaysi yönalişda men özimni yaxşiroq namoyon qila olişimni aniqlaşim uçun barçasiga kirib örganişimga töğri keldi, bunga juda köp vaqtim ketdi. Oxirida veb-dasturçilikda töxtadim.

Dasturçilik ma'lum texnologiyani yasaydigan muhandislarning işidan köra ança oson, deb öylayman. Dasturçilikda eng kerak böladigani – vaqt va qiziquvçanlik. Boşqa heç narsa kerak emas.

“Sayohat qiliş insonda muammoga boşqaça nazar bilan qaraşni şakllantiradi”

— Sayohat qilganingizda juda xilma-xil narsalarni körişingiz mumkin. Siz har doim yeb yuradigan oşni kimdir boşqaça yeyişiga guvoh bölarsiz, balki. Xilma-xillikni körgaç, bir muammoga har xil tomondan yondaşiş mumkinligini tuşunib yetasiz. Topilgan yeçimlar hammasi töğri, heç qaysisi xatomas. Yaşaş tarzida ham şunday: siz öylamagan, qolipingizga siğmagan körinişda ham yaşaş mumkinligini körasiz.