«Tizimni yoşlar özgartira oladi» – tibbiyotni rivojlantirişni orzu qiladigan aka-singil kimyogarlar bilan suhbat
|14:00 / 01.08.202112 79512 min
Oldinroq kimyogar aka-singil Boltayevlarning kimyo fanida erişgan yutuqlari haqida maqola e'lon qilgandik. Ularning aytadiganlarni şunçalik köp ediki, bu haqda yana bir körsatuv qilişga qaror qildik. Bu galgi körsatuvda aka-singil öqituvçilarning iqtidorli yoşlarni bir joyga yiğiş, ta'lim tizimini özgartira oladigan islohotlar va oliy maqsadlari haqida bilib olasiz.
Prezident ta'lim muassasalari agentligi qoşidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yoş biologlar va kimyogarlar ixtisoslaştirilgan maktab-internatida uç aka-singil öqituvçilar kimyo fanidan dars beradi.
Behzod Boltayev Toşkent tibbiyot akademiyasi umumiy jarrohlik yönalişining magistraturasida öqiydi. Kimyo fanidan Mendeleyev xalqaro olimpiadasida 2 ta kumuş, jahon olimpiadasida 2 ta oltin medalni qölga kiritgan. «Şuhrat» medali, «Mard öğlon» mukofoti va «Xalq ta'limi a'loçisi» kökrak nişoni sohibi.
Bobur Boltayev Toşkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Mendeleyev olimpiadasida bronza, jahon olimpiadasida 2 marta bronza medal olgan. «Özbekiston belgisi» kökrak nişoni sohibi.
Mohira Boltayeva Toşkent pediatriya tibbiyot instituti 3-bosqiç talabasi. Mendeleyev olimpiadasida bronza va jahon olimpiadasida kumuş medal olgan. «Zulfiya» mukofoti sohibi. Aka-singillar 2019 yildan buyon Abu Ali ibn Sino nomidagi yoş biologlar va kimyogarlar ixtisoslaştirilgan maktab-internatida pedagog-tarbiyaçi bölib işlab kelmoqda.
«Maktabda mini olimpiadalar ötkazamiz»
Behzod Boltayevning aytişiça, ular taşkil qilgan öqitiş tizimi tajribalar asosida qorişib, mukammal körinişga kelgan. Ular foydalanadigan öquv adabiyotlari ingliz va rus tilidagi eng oxirgi ma'lumotlarni saqlaydigan adabiyotlar hisoblanadi.
Behzod Boltayev
«Har oyda mini olimpiadalar ötkazamiz. Bunda respublika böylab kim xohlasa, qatnaşişi mumkin. Telegram-kanalda olimpiada haqida e'lon qilamiz, javoblarni elektron taşlaganlarni ham tekşirib, baholarini qöyib, kuzatib boramiz. Bunda topşiriqlarning yeçilişi va javoblari inobatga olinadi, imloviy xatolar muhim emas. Lekin haligaça xalq ta'limi nizomlarida imloviy xatolar hisobga olinyapti. Bizda öquvçi aynan bajargan işiga baholanadi. Berilgan materialni 50 foiz özlaştirgan öquvçiga natija beradigan öquvçi deb qaraymiz. Heç kim oldindan 100 foiz natija beravermaydi. Sekin-sekin uni kötarib boraveradi. Çunki bu bolalar qolipga tuşib qolgan tizimda öqişgan. Ayniqsa, çet el mualliflari masalalarida bu seziladi», deydi u.
Mavzuga oid
«Iqtidorli bolalar faqat ixtisoslaştirilgan maktablarda bölmaydi»
Bobur Boltayev iqtidorli bolalarni bir joyga yiğadigan tizim bölişi kerak deb hisoblaydi. Uning fikriça, iqtidorli bolalar faqat ixtisoslaştirilgan maktablarda emas, oddiy maktablarda ham böladi.
Bobur Boltayev
«Öşa iqtidorlarni ham qayergadir yiğadigan tizim bölişi kerak. Buning uçun bir emas, bir neça işlaydigan odamlar bölişi kerak. Masalan, bizdagi tizim vodiyda, Navoiyda ham bölsa, iqtidorlarni saralaş oson böladi. Şunda ular bizni qidirib kelmay öz hududlarida yiğiladi. Bu esa içki raqobatni oşiradi», deydi Bobur.
U hozir bakalavrni tugatib, Rossiyada kardiojarrohlik böyiça ordinatura va aspiranturani öqib kelmoqçi.
«Rejamdagi sohalarni öşa yerda örganib, bu yoqda kardiojarrohlik böyiça kimyoga öxşab maktab yaratişni niyat qilganman. Bizda kardiojarrohlik xizmati juda kam, çunki bu sohada işlaydigan odam kam. Agar şunaqa odamlar köp bölsa, har bir viloyatda şunaqa yaxşi mutaxassis bölsa, öşa yerdagi insonlarga ham oson böladi. Ular uzoqqa borib sarson bölib yurmaydi», deydi Bobur.
«Bizda yoşlarni olimpiadaga jalb qiliş uçun resurs yetişmaydi»
«Özi xalqaro olimpiadalar mukammal işlab boşlaganiga 20-30 yil bölgan bölsa, şu yillarda nafaqat xalqaro olimpiadalar, balki kuçli milliy olimpiadalar ham rivojlandi. Ayniqsa, Xitoy, Singapur, Koreya, Rossiya yoki AQŞning milliy olimpiadalaridagi raqobat, ba'zan jahon olimpiadalaridagidan ham kuçayib ketadi. Bizda ham minglab yoşlar bor. Lekin hammasi ham şu jarayonga jalb qilinmagan. Jalb qiliş uçun resurs yetişmaydi. Ularda bunday resurslar bor. Bu ularning baxti. Şu resurslar bilan hamma yoşlarni jalb qiladi. Bunda bolalar olovda yongandek böladi, 0,1 ball farq bilan yöllanma olib keyin jahon olimpiadasiga keladi. Ötgan yili AQŞdan 4 nafar öquvçi kelib, barçasi oltin medal olib ketdi. Bu öşa raqobatning mevasi», deydi Behzod Boltayev.
«Oliy ta'lim tayyorlaydigan kadrni iste'mol qilayotgan taşkilotlar jonlanişi kerak»
«Hozir umumiy jarrohlik yönalişida magistraturada öqiyapman. Jarrohlikni keyinçalik yanada çuqurroq davom ettiriş niyatim bor. Bu katta ehtimol bilan transplantologiya bilan boğliq böladi. Biz hozir kiçkina bölsa ham maktab yaratganmiz, 4 kişi bu işni davom ettiryapmiz. Boşqalar ham yordam beryapti, ularning yordamisiz bu işni eplay olmasdik. Niyatim şu maktabni yana kattaroq bosqiçga olib çiqiş. Masalan, oliy ta'limdagi muammolar xalq ta'liminikidan ham köp. Bu bitta insonning aybi emas. Bu bilan biz Oliy ta'lim vazirligi yoki institutlarni ayblamoqçi emasmiz. Bu hammaning muammosi aslida. Oliy ta'limdagi muammoni yeçiş uçun, menimça, oliy ta'lim tayyorlaydigan kadrni iste'mol qilayotgan taşkilotlar jonlanişi kerak. Ya'ni tibbiy ta'lim yaxşilanişi uçun tibbiy kadrlarni işga olayotgan taşkilotlar uyğonişi kerak», deydi Behzod.
«Tibbiyotga oid köpçilik çet el kitoblari Google’da tarjima qilingandek»
Mohira Boltayeva bugungi tibbiy ta'lim muassasalarida foydalanilayotgan darsliklar haqida öz fikrlarini bildirdi. Uning aytişiça, talabalar nazariyani darslikdan örganişadi. Nazariya bölmasa, amaliyotda ham kasallikni aniqlaş qiyin.
Mohira Boltayeva
«Kasallikni biliş uçun me'yorni biliş kerak. Me'yorni biliş uçun öqiş kerak. Me'yorni bilgandan keyin patologiyani ham örganiş kerak. Kasalni körgandan keyin qayeri oğriyotgani sababini aniqlaş kerak. Nazariyani öqituvçi örgatişi kerak. Yoki kitob topib öqiş mumkin, lekin bizda kitoblar boşqa tilda. Asosan rus va ingliz tilida. Köpçilik tilni bilmaydi, özbekça kitoblarda esa ma'lumot kam, tuşunarsiz.
Özi köpçilik özbekça kitoblar boşqa kitobdan olingan. Muallif buni tarjima ham demaydi, özi yozgan deb çop ettiradi. Lekin öşa ham töğri köçirilmagan böladi. Tarjima ham xato qilingan. Bilmadim, ular Google tarjimonda ögirilgandek. Köpinça talabalar qilib beradi. Talaba Google tarjimonda ögirib olib boradi, öqituvçi naşriyotga beradi. «Kitob» şunday çiqib ketadi», deydi u.
«Tizimni yoşlar özgartira oladi»
«Yaxşi ustoz bölib, oldimizga yoşlarni olib oliy ta'limdagi jarayonni ham jonlantirmoqçimiz. Buni faqat biz emas, hamma yoşlar xohlayapti. Çunki ular öz sohasidagi muammoni biladi. Bu faqat yoşlarning qölidan keladi, deb öylayman. Jamiyatdagi vakolatli organda ötiradigan insonlarni 40-60 yoşgaça oraliqda deb olsak, tizimni özgartiriş ularning qölidan kelmaydi, menimça. Bu hurmatsizlik ma'nosida emas, şunçaki agar ularning qölidan kelganda, özgartirgan bölişardi. Bizda hozir rahbarlik degan kasb paydo bölgan. Köpçilik şunçaki rahbar bölişni orzu qiladi», deydi Behzod.
«Adolatni qiyinçilik körgan insonlar örnatyapti»
«Islohotlarning bitta samarasi olimpiadalarda körinyapti. Saralaşda katta janjal böladi, lekin baribir adolat örnatilyapti. Adolatni qiyinçilik körgan insonlar örnatyapti. Ular özi körgan qiyinçilikni şogirdlari körişini istamaydi. Xudoga şukur, bunaqa auditoriya bor va u ösişi kerak. Biz ham şu katta oqimning bir qismi böliş niyatidamiz. Tibbiy ta'limni, tibbiyotni yaxşilaş oliy maqsadlardan biriga aylandi», deydi Behzod.
«Iqtisodiy qiyinçilik keyin irodani ham sindiradi»
«Insonning qölini boğlab qöyadigan narsa iqtisodiy yetişmovçilik. Buni töğri tuşuniş kerak. Ilmli bölsa-yu jamiyatning quyi qatlamida qolib ketgan bölsa, iqtisodiy qiynalgan böladi. Va iqtisodiy qiyinçilik keyin irodani ham sindiradi. Iqtisodiy muammoni vaziyatdan kelib çiqib yeçiş uçun ham aqlimizni işlatişimiz kerak. Faqat kasb egasi emas, jamiyatda faol inson böliş kerak. Nega biz jamiyatning qolipiga qarab yaşaşimiz kerak?
Payti kelsa, zarur bölganda insoniy omillarni buzmagan holda jamiyat qoliplaridan çiqiş kerak böladi. Ya'ni 70 yoşli professorning fikrini xato deyişingiz jamiyatda qabul qilinmaydi. Lekin şuni aytiş kerak bölsa, aytiş kerak. Biror muammo aytilganda buni rahbarga tönkaşadi. Bu faqat rahbarning emas, hammaning aybi. Bu yerda mening ham, sizning ham qançadir aybimiz bor, agar biz oppoq bölganimizda, bu tizim yaxşi işlardi. Biz özimiz köz yumib ötib ketamiz. Xudo nasib qilsa, men ham kattaroq şifokor bölaman, öşanda köp narsa qölimda böladi va öşa yerda töğri tanlov qila olsam, demak, jamiyatning bir qismini özgartirgan bölaman. Hozir notöğri tanlov qilganlar bizday yoşida qiynalmaganmikan? Qiynalgan, ular şu narsani ötkazgan, lekin afsus oğzi oşga yetganda hammasini unutib qöyadi. Yoşligida adolat uçun kuraşaman deb, özi issiq joyga ötirgandan keyin biz boşimizdan ötkazdik, mana bu yoği yaxşi davrlar keldi, endi qolganlar qiynalsin, yengib ötsin deyiş bu – kelajakka xiyonat böladi», deydi Behzod.
«Oylik maoş yaxşi yaşaş uçun kerak böladigan puldan kam»
«Maoşni kötarişni hamma bilib turibdi. Lekin uni kötaradigan budjet yöq bizda. Bu aytilmaydi, lekin tuşunamiz. Hammaning oyligini kötariş kerak. Çunki köpçilikning oyligi bugungi kunda yaxşi yaşaşi uçun kerak böladigan puldan kam. Şuning uçun hamma «çap» yöllarni izlaydi. Bunga barham beriş uçun elastik tizimlar bölişi kerak.
Men poliklinikada işlaganimda soat 08:00 dan 02:00 gaça kasallarni qabul qilardik. Nizom böyiça 3 soat kasallarni qabul qilib, 3 soat patronaj sifatida yuriş kerak. Bizda 6 soat qabul qilinardi, keyin borib, patronaj qilasiz. Eng qiziği, uyiga borib körilişi kerak bölgan kasal telefon qilsa, siz öz çöntagingizdan xarajat qilasiz. Bizda moliyada har bir söm hisoblanadi-yu, bu masala esa esdan çiqib qoladi. Şundan keyin şifokor ham kasaldan 1-2 söm bersa olişga majbur böladi-da.
Şu uçun şifokorlar oyligini yaxşilaş kerak. Endi davlat oylik-maoşni oğrinmay berişi uçun ham, biz ularga köp berib yuboryapmiz demasligi uçun ham şifokorlar saviyasini ham sal kötariş kerak. Agar şifokorning saviyasi past bölsa, antibakterial preparat bilan virusga qarşi preparatning farqiga bormasa, grippda ham antibakterial preparat bersa, 90 foiz şifokorlar şunaqa qiladi, keyin rahbarlarga ham yoqmaydi, nega biz bunga 1 000 dollar oylik berişimiz kerak, deydi. Şuning uçun şifokorlar oyligi bilan ularning saviyasini ham parallel kötariş kerak», deydi Behzod.