Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyoddan Özbekiston poytaxti Toşkentga yangi aviareys yölga qöyildi. 5 avgust kuni ilk reys kutib olindi.
Ma'lum bölişiça, Ar Riyod – Toşkent – Ar Riyod yönalişidagi bu reysni yölga qöyiş böyiça muzokaralar uzoq davom etgan. Muntazam qatnovlar böyiça Saudiyaning «Flynas» aviakompaniyasi bilan kelişuvga erişilgan.

Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Saudiyadan kelgan reys tantanali kutib olindi. Ma'lumot uçun, «Flynas» Saudiya Arabistonidagi yirik loukoster hisoblanadi. Bu qöşimça reys yönalişga bölgan yuqori talabni qondirişi hamda ziyorat turizmi salohiyatini oşirişga xizmat qilişi rejalaştirilgan.








