Kanoeda eşkak eşiş
Tokio-2020 Olimpiya öyinlarining navbatdagi kun dasturlarida özbekistonliklar orasida kanoeçi qizlar — Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova birinçi bölib bahslarga kirişişdi.

500 metr masofaga kelgan saralaş bahslarida özbekistonlik sportçilar 2:04.854 soniya bilan öz guruhlarida törtinçi natijani qayd etişdi.

 

Bu juftlik çorakfinalni ham muvaffaqiyatli ötkazdi. Ikkinçi guruhda startga çiqqan sportçilar 2:04.450 daqiqa vaqt bilan ikkinçi bölib marraga yetib kelişdi va yarimfinalga yöllanmani qölga kiritişdi. Endi ular ertaga yarimfinalda final yöllanmasi uçun startga çiqişadi.

Badiiy gimnastika
Koronavirus sabab badiiy gimnastika böyiça bahslarda qatnaşa olmagan Sabina Toşkenboyeva örniga Yekaterina Fetisova çiqiş qildi.

Uşbu sportçi halqada 19.800, töpda 19.400, bulavada 17.950, tasmada esa 18.350 ball töpladi (jami 75.500 ball). Şu tariqa Fetisova 26 iştirokçi orasida 24-natijani qayd etdi.

Erkin kuraş
Erkin kuraş böyiça Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Magomed Ibragimov (-97 kg) Tokio-2020da muvaffaqiyatsizlikka uçradi. U birinçi bosqiçda turkiyalik kuraşçiga qarşi gilamga çiqdi.

Sulaymon Karadenizga qarşi keçgan kuraşda Ibragimov hisobda oldinda borayotgandi. Biroq Karadeniz hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi va sönggi oçkoni qölga kiritgani uçun ğolib deb topilib, keyingi davraga yöl oldi.

Karadeniz yarimfinalda mağlub böldi va Ibragimov bronza uçun kuraşiş imkoniyatiga ega bölmadi.

-74 kg vazn toifasi vakili Bekzod Abdurahmonov bir kun oldingi bahslarda çorakfinalda yutqazgan, ammo uning raqibi, rossiyalik jahon çempioni Sidakov finalga çiqqani munosabati bilan bronza uçun imkoniyat saqlab qolgandi.