Kun.uz özining «Business Class» rukni orqali Özbekistondagi muvaffaqiyatli biznes egalari bilan turkum suhbat va intervyular uyuştirib kelmoqda. Bu orqali yoş tadbirkorlar va soha ostonasida turgan yoşlarga tajriba ulaşiş, yirik tadbirkorlarning xato va muvaffaqiyatlarini tahlil qiliş maqsad qilingan.
Quyida siz Office Market, Deli va Decos kabi biznes egalari – aka-uka Mamasaidovlarning kattasi Hasan Mamasaidov bilan uyuştirilgan intervyuning birinçi qismi bilan tanişişingiz mumkin.
Aka-uka Mamasaidovlar kim özi, biznes trenermi yoki tadbirkor?
Aka-uka Mamasaidovlarning kattasi – Hasan Mamasaidovga bergan birinçi savolimiz şu mazmunda böldi.
«Ha, bu kabi savollar bizga tez-tez beriladi. Ayrimlar hatto blogermisizlar deb ham söraşadi. Yöq, biz bloger emasmiz.
Fikrimça, tajribali tadbirkor sifatida odamlar ongidan örin olsak, töğriroq böladi.
Özimizni muvaffaqiyatli va boy tadbirkor ham demayman. Çunki bizdan-da muvaffaqiyali, bizdan-da boyroq tadbirkorlar Özbekistonda köp. Biz şunçaki olinayotgan tajribadan zavq olamiz.
Oilada onam öqituvçi, otam esa san'atni yaxşi tuşungan inson edi. Ular özidagi bilim va tajribani boşqalarga ulaşişni yaxşi körgan. Bu bizning xarakterimizda ham aks etgan desam xato bölmaydi.
Biz biznesdagi faoliyatimizda köp bor mağlub böldik, yutqazdik. Xatolar qildik, şundan tajriba orttirdik. Çunki muvaffaqiyat tajribadan, tajriba esa xatolardan keladi.
Şu tajribalarimizdan kelib çiqib, qolaversa, biznesda sinmaslik, mağlub bölmaslik böyiça boşqalarning ham tajribasini örganaylik degan maqsadda «M-factor» loyihasini taşkil qilganmiz», – dedi tadbirkor savolga javoban.

Oilaviy biznes taşkil qiliş va muvaffaqiyatli yuritişning qanday qoidasi, formulalari bor?
Tadbirkor Hasan Mamasaidov bu borada olgan xulosalari haqida ham gapirib berdi.
«2006 yilda Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tugatdim. Maktabni tugatiş arafasida himoya qilgan diplom işim mavzusi «Özbekistonda kiçik va örta biznes rivojida oilaviy biznesning tutgan örni» edi.









