“Tolibon” harakati jangarilari Afğoniston şimolidagi Saripul viloyati markazi bölgan Saripul şahrini egalladi. Bu haqda viloyat rasmiylariga tayanib Associated Press xabar berdi.

Şahar uçun ikki hafta davomida jang olib borilgan. Natijada afğon xavfsizlik kuçlari Saripulni tark etgan, mahalliy qarşilik kuçlari toliblarga jangsiz taslim bölgan.

Endilikda toliblar butun Saripul viloyatini nazorat qilmoqda.

“Tolibon” harakati avvalroq Zaranj (Nimröz viloyati markazi), Şibirğon (Juzjon viloyati markazi) va Tolukon (Tohar viloyati markazi) şaharlarini qölga kiritgandi.

Bundan taşqari, toliblar Kunduz viloyati markazi, strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bölgan Kunduz şahrini egallagan.