8 avgust kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi toğ hududida yana yonğin sodir böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan videolar tarqaldi.

FVV matbuot xizmati Zomin milliy tabiat boği hududida yonğin sodir bölayotgani töğrisida Jizzax viloyati FVBga 8 avgust kuni soat 16:37da xabar kelib tuşgani, zudlik bilan FVV yonğin-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borgani haqida ma'lum qildi.

Soat 18:20da yonğin öçirilgan. Yonğinni öçirişda FVVning 55 nafar yonğin-qutqaruvçilari iştirok etgan. Yonğin natijasida 10 sotix maydon yonib zararlangan. Mazkur hodisa oqibatida jabrlangan va halok bölganlar yöq.

Eslatib ötamiz, 1 avgust kuni ham Zomin tumani Öriklisoy qişloği yaqinidagi örmon hududlarida yirik yonğin yuz bergandi. FVV ma'lumotlariga köra, 80 gektar maydonda quruq öt va daraxtlar yongan, olovni öçirişga 1600 nafarga yaqin kişi jalb etilgandi.

2 avgust kuni uşbu hududda yana yonğin sodir bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi buni rad etib, hududda yonğindan keyingi tozalaş işlari amalga oşirilayotgani, vaziyat töliq nazorat ostida ekanligini ma'lum qildi.