Avianews naşrining xabar berişiça, styuardessa maxsus effektlar va “yaşil fon” qöllanmagan holda olinişi rejalaştirilgan reklamada suratga tuşişga rozi bölgan köngillilardan biri bölgan.

Reklamaning suratga olinişi oldidan aviakompaniyaga tegişli angarlardan birida Smit-Lyudvik paraşyutdan sakraş böyiça instruktor bilan repetitsiya ötkazgan. U 828 metr balandlikda turib, reklama şiorlari yozilgan tabliçkalarni birin-ketin körsatişi kerak bölgan.

Suratga oliş kuni jamoa Burj-Xalifaning eng yuqori nuqtasiga 1 soat 15 daqiqa davomida kötarilgan. Bino uçida reklama roligi qahramonini uçta xavfsizlik trosi uşlab turgan: ulardan ikkitasi bino uçiga, yana bittasi esa suratga oliş işlari uçun maxsus yaratilgan platformaga mahkamlangan. Troslarning barçasi styuardessa uniformasi ostiga yaşirilgan.

E'tiborlisi, Smit-Lyudvik bino uçida 5 soat turişiga töğri kelgan. Bu vaqt davomida suratga oliş guruhi bir dron yordamida bir neçta bozorlar uçun reklama roliklarini suratga olgan.