Rasmiy statistika davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boşqa tayyorlovçilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma'lumotlaridan iborat. Davlat statistika qömitasi sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi. 

Jismoniy va yuridik şaxslar (şu jumladan ularning alohida bölinmalari, filiallari va vakolatxonalari) rasmiy statistikadan foydalanuvçilar bölişi mumkin.

Qonunga köra, köp yillik statistika dasturi umuman milliy statistika tizimi uçun işlab çiqiladi va rasmiy statistikaning strategik rivojlaniş yönalişlarini belgilaydi. Bir yillik statistika dasturi köp yillik statistika dasturini bajariş maqsadida işlab çiqiladi. Köp yillik statistika dasturlari Prezident tomonidan, bir yillik statistika dasturlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Rasmiy statistikani tayyorlaş uçun yiğiladigan, işlov beriladigan va saqlanadigan statistika ma'lumotlari, agar ular jismoniy yoki yuridik şaxslarni bevosita yoki bilvosita identifikatsiyalaş imkonini bersa hamda ularga taalluqli individual ma'lumotlarni oşkor qilsa, maxfiy hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot maqsadlari uçun taqdim etiladigan maxfiy statistika ma'lumotlari tarkibida identifikatorlar bölişi mumkin emas. 

Rasmiy statistika mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini tahlil qiliş va baholaş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiriş maqsadida, şuningdek jamoatçilikni xabardor qiliş, rasmiy statistikadan foydalanuvçilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş uçun e'lon qilinadi.