Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya mudofaa vaziri Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini xato deb atadi
Ben Uolles 2020 yilda Qatarda AQSh va «Tolibon» o‘rtasida tuzilgan kelishuvni ham xato deb aytdi.
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi oqibatida jahon hamjamiyati jabr ko‘rishi mumkinligini aytdi, deb xabar berdi Sky News telekanali.
«Qo‘shinlarni olib chiqib ketish xato bo‘ldi deb o‘ylayman. Bu xato oqibatlari jahon hamjamiyatiga qimmatga tushadi», — dedi Uolles.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro koalitsiyaga rahbarlik qilayotgan AQSh shunday qarorga kelgani bois boshqa mamlakatlar ham ana shunday qaror qabul qildi. Uolles «Al-Qoida» Afg‘onistonga qaytishidan xavotirlanmoqda.
«Men xavotirdaman, hozir bunday qaror uchun noqulay vaqt, chunki «Al-Qoida» qaytadi», — dedi u.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri 2020 yilda Qatarda AQSh va «Tolibon» o‘rtasida tuzilgan kelishuvni ham xato deb aytdi. Uollesning ta'kidlashicha, aynan o‘sha kelishuv toliblarning tashabbusga ega bo‘lishi va Afg‘onistonda harbiy g‘alabaga erishishiga imkon bergan.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026