Uşbu xayriya aksiyasi 2021 yilda öz davrining yetakçilaridan biri bölgan iste'dodli inson, AAT Group kompaniyasi hamta'sisçilaridan biri – Olim Xasanov xotirasiga bağişlab, Özbekistonning iste'dodli yoşlarining munosib oliy ta'limni qölga kiritişlarida yordam beriş maqsadida ötkazilyapdi.
Işonçimiz komilki, har bir iste'dodli inson oilasining moddiy jihatdan farovonligi yoki ijtimoiy mavqeyini qat'i nazar, munosib ta'lim oliş va rivojlaniş huquqiga ega – va bu öz navbatida, jamiyatimizni yaxşi tomonga özgartiriş garovidir.
Aynan şu sababli, biz tanlov şartlaridan muvaffaqiyatli ötgan talabalarga Özbekistondagi istalgan OTMda tahsil olişlari uçun şartnoma tölovini tölagan holda individual moliyaviy kömak körsatamiz.
Agar sen öqişni orzu qilsang, biroq moliyaviy tomondan imkoniyating yetmasa – AAT Group kompaniyasi Olim Xasanov xotirasiga bağişlab ötkazilayotgan xayriya aksiyasi orqali sening orzularingni röyobga çiqarişga tayyor!

Joriy yilda biz mamlakatimizning 5 nafar eng iste'dodli talabalarini tanlab olamiz. Dasturda iştirok etiş uçun arizalarni 2021 yilning 31 avgustiga qadar topşiriş mumkin.
Dasturning asosiy şartlari:
1. Tanlovda Özbekistondagi istalgan oliy öquv yurtida, istalgan tilda pullik tölov şartnomasi asosida öqiyotgan 1-4 kurs talabalari iştirok etişi mumkin.
2. Aksiya doirasida avvalgi har bir semestrda akademik fanlar böyiça talabaning örtaça özlaştiriş körsatkiçi 85 foizdan ortiğini taşkil etişi şarti bilan oliygohdagi ta'limga qolgan barça muddat uçun tölovni tölab beriladi.
3. Ta'limni muvaffaqiyatli tamomlagandan söng, mazkur dastur iştirokçilarining «AAT Group» kompaniyasi jamoasiga işga qabul qilinişi kafolatlanadi.
Tanlov bir neça bosqiçlarda ötkaziladi:
I bosqiç – arizalarni [email protected] elektron manzili orqali qabul qiliş.
Ariza quyidagilardan iborat bölişi kerak:
- nomzod sörovnomasi (CV);









