Samsung Electronics vitse-prezidenti va Samsung Group kompaniyalari guruhining norasmiy rahbari Li Je Yon 13 avgust kuni qamoqdan muddatidan avval şartli ravişda ozod etildi. U şu yil boşida korrupsiya işi böyiça 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Yonhap axborot agentligining xabar berişiça, Li Je Yon 15 avgustda nişonlanuvçi Koreya ozod qilinişi kuni munosabati bilan afv etilgan 810 mahkumdan biri böldi. U qamoqni tark etişi vaqtida jurnalistlar bilan suhbatda öz qilmişlari uçun yana bir bor uzr söragan.
Samsung asosçisining nabirasi Li Je Yon 2017 yilda mablağlarni talon-toroj qiliş, pora beriş va yolğon körsatma berişda ayblanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2018 yil fevralda Seul oliy sudi Li Je Yonning appelyatsiyasini körib çiqib, qamoq jazosini şartli jazoga özgartirgan. Şundan keyin u ozodlikka çiqarilgan.
Biroq 2021 yil yanvarida sud Li Je Yonni Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xega pora berişda ayblab, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Öşa oyda Janubiy Koreya oliy sudi Pak Kin Xeni 20 yilga ozodlikdan mahrum qiliş töğrisida hukm çiqargan.












