Prokuror va tadbirkor ekani aytilayotgan ikki erkakning suhbati quyidagiça:

– Nimaga öynab yuribsan?

– Ertaga odam tuşiramiz, ertalab...

– Bekorni aytibsan. Hozir odam topib kelib, tuşirasan. Tuşunarlimi? Sen ikkalangni ham mayib qilaman. Ahmoq ekansan-ku. Sen ikkita ahmoqni kim qöşdi özi röyxatga? 5-maktabni ham rasvosini çiqaryapsan. Kel-da hozir ikkalasini ham körib, telefon qilasan, tuşunarlimi? Top Uluğbekingni.

– Keladi hozir.

– Ey, menga qara, “odoljyeniye” qilmay, “normalno” gapir. Kel-da, odamingni köpaytir. Tuşunarlimi yöqmi deyapman men senga!

– Odam bor. Aytdim-ku, işda hammasi, keladi Kattaqörğondan.

– Qani “styajka”ni boşlagani?

– “Styajka” qilişni özi keça keçqurun aytdi.

– Uluğbekni top, menga telefon qilsin.

– Ha, böldi.

Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holatga munosabat bildirib, mazkur audioyozuvning haqqoniyligi, qaçon, qayerda va qanday holatlarda yozib olinganini aniqlaş böyiça Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan örganiş ötkazilayotganini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar tizimida ikkinçi sektor prokuratura organlariga topşirilgan.

Bir neça kun oldin Andijon viloyati Qörğontepa tumani prokurori obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlarini öz uyida işlatgani ma'lum bölgan edi. Bu holatni Boş prokuratura örganayotgani aytilgan.