Balx viloyati markazi Mozori-Şarif şahri nazorati yöqotilganini hukumat rasmiylari ham tasdiqlagan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Afğoniston armiyasining bir guruh kuçlari Amudaryo ustidan ötuvçi, Termiz şahri yaqinidagi Hayraton köprigida Özbekistonga kiriş ilinjida töplangani haqida xabarlar bor.
Endilikda mamlakatdagi yirik şaharlardan faqatgina poytaxt Kobul rasmiy hukumat qölida qolmoqda.
Washington Post xabariga köra, AQŞ öz fuqarolarini evakuatsiya qilişni töliq yakunlamagunga qadar “Tolibon”dan Kobulga hujum qilmaslikni söragan. Yakşanba kuniga qadar 3 ming nafar amerika askari evakuatsiya jarayoni xavfsizligini ta'minlaş uçun Kobulga yetib kelişi rejalaştirilgan.
CNN'ning qayd etişiça, sönggi 10 kunda 34ta viloyat markazining 20ga yaqini toliblar nazoratiga ötdi.
“Al-Arabiya” telekanali toliblar Mozori-Şarifni amalda jangsiz qölga kiritganini xabar qildi. Boşqa hududlarda bölgani kabi hukumat qöşinlari öz pozitsiyalari va ma'lum miqdordagi qurollarini taşlab ketişgan.









