Dastlabki bayonotda bortida jami 585 nafar afğon harbiysi bölgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta harbiy vertolyot Özbekistonga noqonuniy kirib kelgani, bu jarayonda Afğonistonning “Embrayyer-314” samolyoti Özbekistonning “MiG-29” rusumli samolyoti bilan töqnaşib ketgani, holat böyiça bevosita boş prokuror tomonidan jinoyat işi oçilgani ma'lum qilingandi.
Rasmiy raddiyada aytilişiça, bular “oxirigaça aniqlaştirilmagan” ma'lumotlar bölgan.
“Qayd etiş kerakki, hozirda Afğonistonda röy berayotgan özgarişlar dunyo hamjamiyati diqqat markazida turibdi. Tölqinli voqeliklar tufayli aksariyat odamlarda turli-tuman tuşunçalar şakllanib kelmoqda.
Tan oliş zarur, har doim ham bunday vaqtda rasmiy manbalar ham ayrim kamçiliklar, ya'ni axborot tarqatişdagi adaşmovçiliklar, tekşirilmagan dalillar yuzasidan ma'lumot berib yuborişi ehtimoldan xoli emas.
Şu tarzda, Boş prokuraturaning Telegram-kanalida çop etilgan bayonot ham oxirigaça aniqlaştirilmay, mutasaddi idoralarning rasmiy tekşirilgan ma'lumotlariga tayanmagan holda çiqarilgan.
Şu bois, Boş prokuraturaning Telegram-kanaliga ma'lumotlarni joylaştiriş uçun mas'ul bölgan tarmoq xodimlari şoşma-şoşarlik bilan çiqarilgan mazkur bayonot uçun rasman uzr söraşmoqda.
Kelgusida bunday holatlarga yöl qöyilmaslik uçun tegişli çoralar körildi”, – deyiladi Boş prokuratura axborotida.
Kun.uz birlamçi axborotdagi aynan qaysi ma'lumotlar xato bölganiga izoh sörab, Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov bilan boğlandi. U berilgan ma'lumotlarning hammasi xato bölganini bildirdi.
Voqealar aslida qanday bölgani haqida tekşirilgan va töğri ma'lumot beriladimi, degan savolga javoban Hayot Şamsutdinov hozirça bu mavzuda qöşimça ma'lumot berilişi kutilmayotganini ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, “Tolibon” harakati Afğonistonni egallagaç, Surxondaryoning Şerobod tumanida noma'lum sabablarga köra Afğoniston harbiy havo kuçlariga qaraşli samolyot qulab tuşgan edi. Bu haqda internetda foto va videolar tarqalgandi. Keyinçalik Boş prokuratura bergan, ayni paytda xato deyilayotgan xabarda esa afğon samolyoti Özbekiston harbiy samolyoti bilan töqnaşgani aytilgandi.








