Internetda tarqalgan foto va videolarda halokatga uçragan samolyot bölaklari va kamida bir nafar jabrlanuvçini köriş mumkin.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Kun.uz savoliga javoban ayni paytda vazirlik vakillari voqea joyida örganişlar olib borayotgani va tez orada bu haqda aniq ma'lumot berilişini ma'lum qildi. Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatidan izoh olişning imkoni bölmadi.

Gazeta.uz'ning Surxondaryodagi manbasi ikki nafar afğonistonlik harbiy Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialiga yotqizilganini ma'lum qilgan.
Manbaga köra, bunga qadar Afğonistonning yana uç harbiysi bu muassasaga yotqizilgan. Bu uç harbiy avvalroq Taşqi işlar vazirligi bayonotida tibbiy yordam söragani aytilgan şaxslar bölişi mumkin.
Naşr manbasi RŞTYoIM Termiz filialida davolanayotgan beş nafar afğonistonlik askarning salomatligi holati örtaça ekanini bildirgan.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, samolyotdagilar paraşyut bilan sakraşga ulgurgan bölişlari mumkin. Qurbonlar bor-yöqligi hozirça noma'lum.
Gazeta.uz, şuningdek, özbekistonlik bir nafar harbiy ham kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan. Bu Afğoniston samolyotining qulaşi bilan boğliq yoki boğliq emasligi noma'lum.
Daryo.uz'ga köra, Surxondaryo viloyati Mudofaa işlari boşqarmasi vakili naşr muxbiri bilan suhbatda Şerobodga Afğoniston samolyoti qulaganini qisman tasdiqlagan.
“Közim bilan körganim yöq, ammo samolyot bor deyişdi. [...] Toşkentdan yetib kelgan 25 nafar ekspert samolyot qulaşi bilan boğliq hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritadi. Şundan keyin samolyot qanday qulagani böyiça ma'lumot bera olamiz”,


















