Toliblarga qarşi qanday kuçlar kuraşgan?
Amerika harbiylari 2001 yil oktyabrida toliblarga qarşi harbiy kampaniya boşlagandi. Bunga amerikaliklar 11 sentabr teraktlari ortida turgan «Al-Qoida» yetakçisi Usama bin Lodin va taşkilotning boşqa rahbarlari Afğonistondan qönim topgan, deb hisoblagani sabab bölgandi.

Uşbu mamlakatga joylaştirilgan AQŞ harbiylari soni yil sayin ösgan va 2011 yilga kelib 110 ming kişini taşkil etgan. Vaşington doimiy ravişda «Tolibon»ga qarşi kuraşiş va Afğonistonning tiklanişini moliyalaştiriş uçun milliardlab dollarlar ajratib kelgan.

Ötgan yili Afğonistonda qoldirilgan amerikalik harbiy xizmatçilar soni atigi 4 ming nafar atrofida edi.

Rasmiy ma'lumotlarda hamişa ham maxsus amaliyotlar uçun yuborilgan kuçlar va boşqa topşiriqlar bilan uşbu hududda vaqtinça bölib turgan bölinmalar aks etmagan.

NATO alyansining boşqa a'zolari ham öz kontingentlarini xalqaro koalitsiya doirasida uşbu mamlakatda saqlab turgan. Ammo koalitsiya tarkibining eng katta qismini amerikaliklar taşkil etgan.

NATO rasman 2014 yil dekabrida öz jangovar missiyasini yakunlagani haqida e'lon qilgan, ammo afğon xavfsizlik xizmatini öqitiş hamda aksilterror amaliyotlarni qöllab-quvvatlaş uçun bu yerda 13 ming kişini saqlab turgan.

NATO kuçlari Afğon milliy armiyasini öqitişda yordam körsatgan

Şuningdek, Afğonistonda köplab xususiy qöriqlaş kompaniyalari faoliyat yuritgan. AQŞ Kongressi tadqiqotida 2020 yilning sönggi çoragidagi bu kompaniyalarda AQŞning 7800 nafarga yaqin fuqarosi işlayotgani körsatilgan.

Qança mablağ sarflangan?
Afğonistondagi xarajatlarning ham köp qismi AQŞ hissasiga töğri keladi.

Amerika hukumati ma'lumotlariga köra, 2010 yildan 2012 yilga qadar (bu muddatning ma'lum qismida Afğonistonda 100 mingdan oşiq askar saqlangan) uruş uçun xarajatlar miqdori yiliga 100 milliard dollargaça yetgan.