“Joriy yilda uşbu yönalişda katta islohotlarni boşladik. Bu borada Oliy Majlis palatalari tomonidan ma'qullangan qonunni men kuni keça imzoladim. Bu hujjat mamlakatimizning yangi tarixida eng katta islohotlardan biri böldi, deb heç bir mubolağasiz ayta olamiz. Mana şu islohotlar mazmunini tarmoq va hudud rahbarlari ham, tadbirkorlar ham, aholimiz ham yaxşi tuşunib olişlari zarur.

Birinçidan, yerlarni iqtisodiy oborotga kiritiş, ularni oldi-sotdi va garov obektiga aylantiriş uçun, mustahkam huquqiy zamin yaratildi. 

Ikkinçidan, biz barça yerlarni 2ta toifaga, ya'ni qişloq xöjaligi yerlari va noqişloq yerlariga ajratdik. Qişloq xöjaligi yerlari – bu bizning bebaho milliy boyligimiz, oziq-ovqat xavfsizligi - bu oddiy qişloq aholisining kundalik hayoti, degani.  Şuning uçun, uşbu yerlar oçiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi. Tanlov – har bir yer uçastkasi böyiça “bu yerni olişga kim eng köp haqli?” degan savolga adolatli javob topiş uçun ötkaziladi. Bu tanlovda barça – dehqon ham, fermer ham, agrofirma va klasterlar ham teng şartlarda iştirok etadilar. 

Uçinçidan, noqişloq yer maydonlari esa faqat auksion orqali sotiladi. Biz sönggi bir yarim yil davomida yerlarni auksion orqali oçiq-oşkora sotiş böyiça yetarli tajriba orttirdik. Lekin aksariyat hollarda auksionga qöyilgan yer maydonlarining tadbirkorga ma'qul joylardan emas, balki olis, çekka hududdagi infratuzilmasi bölmagan joylardan berilgan. Yaxşi maydonlar esa har xil yöllar bilan hokimlar qarori asosida töğridan töğri berib kelingani ham heç kimga sir emas. Bundan buyon, yer maydonlari faqat va faqat oçiq-oşkora auksion orqali xususiy mulk sifatida sotiladi yoki ijaraga beriladi. 

Köpçilikda  “yer xususiy böldi nima-yu, xususiy bölmadi nima”, degan fikr bölişi tabiiy, albatta. Çunki, bizda yerga xususiy mulkçilik bekor bölganidan buyon 3-4 ta avlod almaşdi. Bir narsani aniq bilib oliş zarur: xususiylaşgani bilan yer maydonlari kamayib yoki köpayib qolmaydi, lekin uning bozor qiymati paydo böladi. Yeri bor odam haqiqiy mulkdorga, kapital egasiga aylanadi. 

Törtinçidan, köpçilik tadbirkorlarni öz korxonasi joylaşgan yer maydonining taqdiri ertaga nima böladi, degan savollar qiynayotgani ham joylarda bor gap. Uşbu korxonalar hozirda egalik qiliş, foydalaniş yoki ijara huquqi asosida egallab turgan yer maydonlari ularga mulk qilib rasmiylaştirib beriladi. Ya'ni, bu yerni boşqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylaştirişga faqat yer egasining özi haqli böladi. Bunda, yerning turiga qarab, uning joylaşgan hududidan kelib çiqib, yerlar imtiyozli şartlar asosida uşbu korxonalarga xususiylaştirib beriladi. Bundan keyin, tadbirkorlar yerdan yuqori likvidli aktiv va garov obekti sifatida foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar. Men öylaymanki, bu yangiliklar tadbirkorlarimiz uzoq yillar kutgan tarixiy adolatni röyobga çiqaradi”, dedi prezident.