Oliy Majlis Senati a'zosi, Farğona viloyati Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining Keksalar va faxriylarni qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy faolligini oşiriş böyiça örinbosari Topiboldi Xoldorov 22 avgust kuni 79 yoşida vafot etdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, u surunkali yurak va buyrak yetişmovçiligidan vafot etgan. Topiboldi Xoldorov Toşkent şahridagi Respublika şoşilinç tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan bölgan.

Topiboldi Xoldorov 1942 yil 1 fevralda Farğona tumanida tuğilgan, viloyatda matlubot va savdo sohalarida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2000 yildan 2009 yilga qadar «Nuroniy» jamğarmasi Farğona tumani bölinmasi, 2009-2020 yillarda «Nuroniy» jamğarmasi Farğona viloyat bölimi raisi bölgan, 2020 yil fevralidan buyon Farğona viloyati mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği örinbosari etib tayinlangandi.

U 60 yillik mehnat faoliyati davrida jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştirişda faol iştirok etib kelgan. 2016 yilda «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlangan. 

Topiboldi Xoldorov 2020 yil yanvarida Oliy Majlis Senati a'zoligiga saylangandi.

Viloyat hokimligi xabariga köra, marhumning janozasi keçki soatlarda uning xonadoni - Farğona tumanidagi Yoşlarobod qişloği «Tinçlik» MFYda ötkaziladi.