Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy litseyga kiruvchilar qat'iy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Temurbeklar maktabi» va «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (o‘quvchilarni) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek DXX va Milliy gvardiya tarkibida tashkil etilgan. «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseylari DXX tizimida tashkil etilgan.
Nizomga muvofiq:
- nomzodlarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida tibbiy komissiyalar tuziladi;
- nomzodlarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida tibbiy komissiyalar tuziladi;
- o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Mudofaa vazirligi, DXX, IIV huzurida harbiy-tibbiy komissiyalar shakllantiriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining shifokor-mutaxassislaridan iborat bo‘lgan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar huzuridagi tibbiy komissiyalar tarkibi prezidentning 25.12.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi PQ-4076-son qarorida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar huzuridagi tibbiy komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- nomzodlarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlari, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlarida hisobda turishi yoki turmasligi to‘g‘risida olingan ma'lumotlarning mavjudligini tekshirish;
- nomzodlarni qo‘shimcha tekshiruv va davolashga yo‘naltirish, qo‘shimcha tekshiruv va davolashdan so‘ng ularning tibbiy komissiyaga kelishlarini nazoratga olish;
- nomzodlar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra «Temurbeklar maktabi» va «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseylariga o‘qishga kirishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi to‘g‘risida xulosalar qabul qilish.
Mavzuga oid
10:15 / 15.06.2026
Rossiya chet el fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik qoidalarini kuchaytirdi
15:39 / 12.03.2026
Pedagoglar uchun har yillik majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
14:43 / 23.12.2025