O‘zbekiston | 10:11 / 27.08.2021
14129
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari tuzalish holatlaridan yuqoriligicha qolmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 841 kishida koronavirus, 361 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 9 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 26 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 153204 (+841) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 87 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 17 nafari Buxoro viloyatida,
  • 28 nafari Jizzax viloyatida,
  • 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 38 nafari Namangan viloyatida,
  • 79 nafari Samarqand viloyatida,
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 51 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 83 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 22 nafari Xorazm viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent viloyatida,
  • 242 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 84 nafar,
  • Buxoro viloyatida 14 nafar,
  • Jizzax viloyatida 24 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 17 nafar,
  • Navoiy viloyatida 13 nafar,
  • Namangan viloyatida 79 nafar
  • Samarqand viloyatida 66 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 35 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 86 nafar,
  • Xorazm viloyatida 32 nafar,
  • Toshkent viloyatida 116 nafar,
  • Toshkent shahrida 139 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 145693 (+705) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 6 nafari vafot etib, pandemiya boshidan buyon O‘zbekistonda rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus qurbonlari sifatida ro‘yxatga olinganlar soni 1056 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 26 avgust kuni 361 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 22505taga yetdi. Kecha ularning 350 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 15010 nafarni tashkil qilmoqda.

Pnevmoniya bemorlarining 3 nafari bemor vafot etib, shu kungacha ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 159 nafarga yetdi.

Mavzuga oid