Narzullo Oblomurodov öz saylovoldi dasturini e'lon qildi
|01:01 / 28.08.202118 07011 min
Özbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod, amalda partiya ijro qömitasi raisi Narzullo Oblomurodov 27 avgust kuni partiya qurultoyida sözga çiqib, özining saylovoldi dasturini taqdim etdi.
Dastur uçun “Biz kelajak uçun javobgarmiz” şiori tanlangan. Kun.uz Narzullo Oblomurodovning asosiy ğoyalarini keltirib ötadi.
Ekologik partiya yetakçisi saylovda ğalaba qozonsa, eng avvalo “Yaşil taraqqiyot – farovonlik asosi!” şiori ostida “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantiriş ğoyasini ilgari suradi.
“Dunyoning bugungi qiyofasi, tiklab bölmas ekologik falokatlar va atrof-muhitga yetkazilayotgan ulkan zararlar mana şuni taqozo etadi.
Özbekiston 2019 yilda “yaşil iqtisodiyot”ga ötiş strategiyasini qabul qildi. Tahlillar şuni körsatmoqdaki, mamlakatda uglerod sarfini keskin kamaytiriş, iqtisodiyotning barça tarmoqlarida ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etiş böyiça körilayotgan çoralar yetarli emas”, – dedi Oblomurodov.
Partiya uşbu ğoyani amalga oşirişda ustuvor vazifalar etib quyidagilarni belgilagan:
davlat budjeti, bank va moliya institutlari, xususiy sektor mablağlarini ekologik toza, energiya tejamkor loyihalarni amalga oşirişga yönaltirilgan “yaşil” moliyalaştiriş tizimini rivojlantiriş;
davlat xaridlari tizimida “yaşil” xaridlarga ustuvorlik beriş;
“yaşil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni moliyalaştiriş hajmlarini oşiriş, sanoat korxonalarining “yaşil” texnologiyalarga ötişini iqtisodiy va moliyaviy rağbatlantiriş tizimini joriy etiş;
tarmoqlar va hududlarning “yaşil iqtisodiyotga ötiş indeksi”ni işlab çiqiş;
mamlakat iqtisodiyotida “yaşil iqtisodiyot” uluşini 30 foizga yetkaziş, şu asosda yillik iqtisodiy ösiş sur'ati 7 foizdan yuqori bölişini ta'minlaş;
qayta tiklanuvçi va muqobil energiya manbalaridan foydalanişga ötiş, qayta tiklanuvçi va muqobil energiya işlab çiqaruvçilarga keng iqtisodiy va moliyaviy rağbatlantiriş tizimini joriy etiş;
davlat tomonidan “yaşil” iş örinlarini yaratişni qöllab-quvvatlaş, iqtisodiyot tarmoqlari uçun zamonaviy malakali kadrlarni tayyorlaş;
Prezidentlikka nomzodga köra, “yaşil iqtisodiyot” tamoyillari mamlakat miqyosida asosiy turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari hosildorligini örtaça 25-30 foizgaça oşiriş imkonini beradi.
“Şuningdek, “yaşil” tariflarni joriy etiş, yangi quvvatlarni işga tuşiriş orqali qayta tiklanuvçi va muqobil qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini bugun mamlakatda amal qilayotgan umumiy energiya balansida 40 foizga yetkaziş imkoniyatiga ega bölamiz”, – dedi u.
Mavzuga oid
Sanoat çiqindilari masalasi
Narzullo Oblomurodov Sanoat çiqindilari bilan boğliq işlarni amalga oşirişning 10 yillik strategiyasini işlab çiqişga va'da berdi.
Unga köra, sanoat korxonalarida yiliga örtaça 109 mln tonna sanoat çiqindilari hosil böladi, bugungi kunda ularning 6,5 mln tonnasi, ya'ni 6 foizigina qayta işlanmoqda.
Sanoat çiqindilardan 91,5 mln tonnasi, ya'ni 84 foizi Navoiy va Toşkent viloyatlarida faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari hissasiga töğri keladi.
Mavjud 9,5 ming gektar maydondagi 75 ta sanoat çiqindi poligonlarida 3,3 mlrd tn sanoat çiqindilari saqlanmoqda.
“Özbekiston Respublikasida sanoat çiqindilari bilan boğliq işlarni amalga oşirişning 10 yillik strategiyasini işlab çiqiş zarur”, – dedi yaşillar partiyasi yetakçisi.
Içimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya muammolari
Narzullo Oblomurodov içimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya salomatligi va xavfsizligi uçun eng muhim masala bölgan markazlaşgan içimlik suv ta'minoti böyiça katta işlarni amalga oşirişga ham va'da berdi.
Unga köra, içimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxşilaş böyiça dasturiy vazifalarni amalga oşiriş orqali aholining içimlik suv ta'minoti 90 foizga yetkaziladi.
“Respublikadagi barça inşootlar texnik va texnologik jihatdan aholidan kelayotgan maişiy çiqindi suvlarni tozalaşga möljallangan. Korxonalardan oqizilayotgan çiqindi suvlar esa birlamçi lokal inşootlarda tozalanib, söng oqova suv tarmoqlariga taşlanişi me'yorlarda belgilangan. Afsuski, bu me'yorlarga işlab çiqariş korxonalari deyarli amal qilmaydi. Misol tariqasida – Çirçiq oqova suvlarni tozalaş inşootidan daryoga oqizilgan “rangli suv”. Bir qaraşda aybdor aniq. Biroq ikkinçi tomondan, bunday “rangli suv” tozalaş inşootiga qayerdan kelib qoldi, degan savol tuğilişi tabiiy”, – dedi Oblomurodov.
Partiya markaziy kengaşi ijroiya qömitasi raisiga köra, uning dasturidagi yana bir yirik masala – atmosfera havosining musaffoligini asraş.
“Insoniyat hayoti uçun eng muhim omil bölgan atmosfera havosini muhofaza qiliş, uning sifat körsatkiçlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta'minlaş strategik maqsadimiz bölib qoladi.
Şuningdek, Ekologik partiyasi ilgari surayotgan dasturiy maqsadlar qatorida bioxilma-xillikni va ekotizimlarni saqlaş hamda ulardan oqilona foydalaniş masalasi ham örin olgan. Şu maqsadda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonlarini mamlakat hududining 12 foiziga yetkaziş, respublika hududining örmon bilan qoplanganlik darajasini 7,6 foizdan 15 foizga yetkazişga alohida e'tibor qaratiladi”, – dedi u.
Orol fojiasi oqibatlarini yumşatiş
Özbekiston Ekologik partiyasi yetakçisining ta'kidlaşiça, uning saylovoldi dasturida Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumşatişga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oşiriş orqali Orolböyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga alohida e'tibor qaratiladi.
“Buning uçun;
Orol muammosini hal etişga hamda bu muammoning Orolböyi aholisi genofondiga va atrof-muhitiga salbiy ta'sirini yumşatişga jamiyatning barça kuçlarini jalb etiş hamda Orolböyi mintaqasiga ekologik innovatsiya va texnologiyalarni tatbiq etiş işlarini kuçaytiriş;
qişloq xöjaligida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş orqali Orolböyi hududiga Amudaryoning yuqori va örta qismidan yiliga kamida 5-6 km³ hajmda suv yuborilişini ta'minlaş;
Nukus, Buxoro, Urganç, Xiva, Navoiy, Möynoq kabi aholi yaşaş punktlari atrofida “yaşil belboğlar” barpo etiş hamda mazkur hududlardagi istirohat boğlari maydonlarini kengaytiriş;
Orolböyi hududining Qozoğiston hamda Turkmaniston bilan tutaş hududlarida transçegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar taşkil etiş kerak”, – dedi u.
Oblomurodovning qöşimça qilişiça, global iqlim özgarişi böyiça Parij bitimi doirasida mamlakatda issiqxona gazlari ta'sirini qisqartirişni nazarda tutuvçi milliy strategiya va harakatlar rejasini işlab çiqiş va amalga oşiriş ham kun tartibidagi dolzarb vazifadir.
Soğliqni saqlaş, ta'lim, ilm-fan va madaniy-ma'rifiy sohalar
Prezidentlikka nomzodning ta'kidlaşiça, u va uning jamoasi soğliqni saqlaş, ta'lim, ilm-fan va madaniy-ma'rifiy sohalarni yanada rivojlantiriş borasida ham öz rejalariga ega.
“Biz aholiga tibbiy xizmat körsatişni tubdan yaxşilaş, ilğor xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim sifati darajasini kötariş, ilm-fan rivojini jadallaştiriş hamda madaniy-ma'rifiy sohalarni yanada yuksaltirişni davlat va jamiyatning ustuvor vazifalari, deb hisoblaymiz”, – dedi Oblomurodov.
U uşbu yönalişlarda quyidagi rejalari haqida ma'lumot berdi:
“yaşil” taraqqiyot tamoyillarini ta'lim va fanga integratsiya qiliş;
uzluksiz ta'limning barça bosqiçlarida ekologik ta'lim-tarbiya tamoyillarni keng joriy etiş;
oliy ta'lim tizimida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş yönalişlari böyiça malakali kadrlarni tayyorlaşni köpaytiriş;
maktabgaça ta'lim qamrovini 100 foizga, oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 40 foizga yetkaziş;
uzluksiz ta'lim sifatini, mustaqil baholaş tizimini şakllantiriş va qöşimça pedagogik ta'lim xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantiriş;
ekologik tadqiqot va innovatsion faoliyat kölamini kengaytiriş, biznes-inkubator va texnoparklarni taşkil etgan holda innovatsion infratuzilmani rivojlantiriş nazarda tutiladi.
Özbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va döstona qöşniçilik munosabatlari mintaqasini yaratiş
Narzullo Oblomurodov tadbir davomida saylovoldi dasturidagi sönggi yönaliş – taşqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş böyiça rejalari haqida ham ma'lumot berdi.
Unga köra, partiya Özbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va döstona qöşniçilik munosabatlari mintaqasini yaratiş ğoyasini ilgari surmoqda.
“Taşqi siyosatning asosiy ustuvor vazifalari sifatida quyidagilarni belgilaymiz:
Özbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosatini mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş, mintaqaviy xavfsizlikning asosiy muammolarini, şu jumladan Afğonistondagi vaziyatni hal qilişga yordam berişga qaratiş;
Markaziy Osiyodagi transçegaraviy daryolarning suv va energetika resurslaridan oqilona foydalaniş, transçegaraviy muhofaza etilayotgan hududlarni barpo etiş va mintaqaning ekologik barqarorligini ta'minlaşga qaratiş;
mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş, mintaqaviy transport-tranzit infratuzilmasini rivojlantiriş;
Afğoniston bilan aloqalarni mustahkamlaş jarayonlarini davom ettiriş;
Hamdöstlik davlatlari bilan özaro, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik munosabatlarini tenglik, bir-birining manfaatlarini hurmat qiliş va hisobga oliş asosida davom ettiriş.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotibilan hamkorlikni faol ravişda davom ettirgan holda xalqaro tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş, zamonaviy muammolarga va tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşamiz”, – dedi u.
Partiya yetakçisiga köra, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratiladi.
Özbekiston manfaatlariga mos keluvçi ekologiya va tibbiyot sohalarida BMT tomonidan qabul qilingan konvensiyalar va xalqaro bitimlarga qöşiliş;
global va transçegaraviy ekologik muammolarni hal qilişda xorijiy davlatlar, avvalambor Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxşi qöşniçilik va döstona munosabatlarni mustahkamlaş;
dunyodagi ekologiya yönalişidagi partiyalar va harakatlarining yadroviy, kimyoviy va biologik qurollarning tarqalişining oldini oliş va kelgusida ularni butunlay yöq qiliş siyosatida faol iştirok etiş böyiça hamkorlikni kuçaytiriş;
ekologik xavfsizlikni ta'minlaş, Özbekistonda “yaşil” taraqqiyot tamoyillarini joriy etişda samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;
mamlakatda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş loyihalarini rivojlantirişda xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytiriş.
Özbekiston Ekologik partiyasi, şuningdek, Birlaşgan Millatlar Taşkilotibilan hamkorlikni faol ravişda davom ettirgan holda xalqaro tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş, zamonaviy muammolarga va tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşiş tarafdoridir”, – dedi prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov.