Qariyb 1,5 asr barçaga taniqli, sevimli va qadrdon bölişning siri nimada? Kun.uz'ning “Business class” loyihasida şu haqda söz yuritamiz.

Şonli tarix

XIX asrning oxirlarida germaniyalik ikki ixtiroçi Karl Bens va Gotlib Daymler öz maşinalarini yaratişdi. Ular dastlab özaro raqobatçi edi, çunki har ikkala ixtiroçi özining avtobiznesiga asos solgandi. 1926 yildagi hamkorlik yirik tarixiy kelişuv böldi va Mercedes-Benz kompaniyasi faoliyat boşladi.

Karl Bens (çapda) va Gotlib Daymler (öngda)

Mercedes brendining nomi undan avvalroq kelib çiqqan. 1901 yilda biznesmen Emil Yellinek qizi Mersedesning tuğilgan kuniga sport avtomobili sovğa qilişni niyat qilib, Daymlerdan şu nom bilan maşina yaratişni söraydi. 35 ot kuçiga ega avtomobil muvaffaqiyatli çiqadi va uni seriyali işlab çiqarişga qaror qilişadi, Mercedes nomi esa şundan beri tillardan tuşmaydi.

35 ot kuçiga ega ilk Mercedes

Daymler va Bens hamkorligi avtomobil sanoatida eng uzoq davom etgan şeriklik hisoblanadi.

Ayni paytda Mercedes-Benz – Daimler AG konserni tarkibidagi kompaniyadir. Konsern kapitali 74 mlrd yevroni taşkil qiladi va umumiy aylanmaning 50 foizi aynan Mercedes'ga tegişli.

Logotip

Uç qirrali yulduzni körganingizda xayolingizga nima keladi? Bu savolga avtomobildan xabari yöq odam ham javob bera oladi. Bu – Mercedes.

Kompaniya avtotransport vositalaridan taşqari, samolyotlar va kemalar uçun motorlar, ehtiyot qismlar ham işlab çiqargani sababli logotipdagi uç qirrali yulduz samoda, suvda va yerda insonlarga xizmat qiluvçi brend ramzi hisoblanadi. Belgining sodda va esda qolarli dizayni uni butun dunyoda unutilmas va taniqli qilib qöydi.

Logotip yaratilgandan beri 7 marta özgargan: 1902, 1909 (2 marta), 1916, 1926, 2008, 2009 va 2011 yillarda.